76-modda. Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish muddati
Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy
Kengashlar deputatlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.
77-modda. Senat a’zoligiga saylanadigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, mahalliy Kengashning saylov
kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida
muqim yashayotgan deputati Senat a’zoligiga saylanish uchun nomzod bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |