O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Takroriy saylovni o‘tkazish asoslari va tartibi



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/90
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#275218
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90
Bog'liq
uz codex

60-modda. Takroriy saylovni o‘tkazish asoslari va tartibi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan 

taqdirda, shuningdek, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida bitta nomzod ishtirok 

etgan  bo‘lsa  va  u  zarur  miqdorda  ovoz  to‘play  olmagan  bo‘lsa,  Markaziy  saylov  komissiyasi 

takroriy saylov tayinlaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takroriy saylovi ham  ushbu Kodeksda  asosiy 

saylovni o‘tkazish uchun belgilangan ayni tartibda va ayni shartlarga rioya etgan holda o‘tkaziladi. 

Bunda  okrug  va  uchastka  saylov  komissiyalari  faoliyatida  saylov  to‘g‘risidagi  qonunchilik 

buzilishi  aniqlangan  taqdirda,  Markaziy  saylov  komissiyasi  saylov  yangi  tarkibdagi  okrug  va 

uchastka  saylov  komissiyalari  tomonidan  o‘tkazilishi  zarurligi  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilishi 

mumkin.  Ovoz  berish  asosiy  saylovni  o‘tkazish  uchun  tuzilgan  o‘sha  saylov  uchastkalarida  va 

saylovchilarning o‘sha ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takroriy saylovi asosiy saylov o‘tkazilganidan 

keyin qirq kun ichida o‘tkaziladi. 

Qonunchilik  palatasi  deputatlarining  va  mahalliy  Kengashlar  deputatlarining  takroriy 

saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi: 

agar saylov okrugi bo‘yicha saylov o‘tmagan yoxud haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa; 

agar takroriy ovoz berish saylangan deputatni aniqlash imkonini bermagan bo‘lsa; 

agar saylov okrugi bo‘yicha ko‘pi bilan ikki nomzod qo‘yilgan bo‘lsa va ulardan hech 

biri saylanmagan bo‘lsa. 

Qonunchilik  palatasi  deputatlarining  va  mahalliy  Kengashlar  deputatlarining  takroriy 

saylovi tegishli saylov komissiyasining topshirig‘iga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan 

o‘tkaziladi.  Bunda  okrug  va  uchastka  saylov  komissiyalari  faoliyatida  saylov  to‘g‘risidagi 

qonunchilik  buzilishi  aniqlangan  taqdirda,  tegishli  saylov  komissiyasi  takroriy  saylov  yangi 

tarkibdagi  okrug  va  uchastka  saylov  komissiyalari  tomonidan  o‘tkazilishi  zarurligi  to‘g‘risida 

qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovni o‘tkazish uchun tuzilgan o‘sha saylov 

uchastkalarida va saylovchilarning o‘sha ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi. 

Qonunchilik  palatasi  deputatlarining  va  mahalliy  Kengashlar  deputatlarining  takroriy 

saylovi  asosiy  saylovdan  keyin  kechi  bilan  bir  oylik  muddat  ichida  o‘tkaziladi.  Saylov 

komissiyalarini  tuzish,  nomzodlarni  ro‘yxatga  olish  va  boshqa  tadbirlar  ushbu  Kodeksda 

belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish