O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda.  Uchastka  saylov  komissiyasining  ovoz  berish  tugaganidan  keyingi



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/90
Sana31.12.2021
Hajmi0,58 Mb.
#275218
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90
Bog'liq
uz codex

58-modda.  Uchastka  saylov  komissiyasining  ovoz  berish  tugaganidan  keyingi 

faoliyati 

Ovoz berish tugagach, uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari ovoz 

berish tugaganligini komissiyaning barcha a’zolari, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari 

vakillari hozirligida e’lon qiladi. 

Uchastka  saylov  komissiyasining  raisi  yoki  rais  o‘rinbosari  komissiya  a’zolari  bilan 

birgalikda: 

plombalarning raqamlarini tegishli dalolatnoma bilan solishtiradi; 

oldindan yozuv ashyolarini yig‘ishtirib qo‘yib, saylov byulletenlarini sanab chiqish uchun 

joy (stol) tayyorlaydi; 

foydalanilmagan  va  buzilgan  saylov  byulletenlarini  sanab  chiqadi  va  bekor  qiladi,  bu 

haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi; 

muddatidan oldin ovoz berish byulletenlari solingan yopiq konvertlarni saylov qutisiga 

tashlaydi; 

statsionar va ko‘chma saylov qutilarini ochadi; 

har bir nomzod bo‘yicha saylov byulletenlarini o‘qib eshittirgan va namoyish etgan holda 

alohida-alohida bog‘lamlarga ajratadi; 

har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlarni sanab chiqadi; 

haqiqiy emas deb topilgan saylov  byulletenlarini aniqlaydi  va sanab chiqadi,  bu haqda 

yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi; 

yakuniy bayonnomaga ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi yozuvni kiritadi. 

Uchastka saylov komissiyasi ovoz berish hamda ovozlarni sanab chiqish chog‘ida kelib 

tushgan  shikoyatlarni  (arizalarni)  ko‘rib  chiqadi.  Shundan  so‘ng  uchastka  saylov  komissiyasi 

ovozlarni sanab chiqish natijalari bo‘yicha majlis o‘tkazib, unda ovoz berish yakunlari to‘g‘risida 

qaror qabul qiladi. 

Ovozlarni  sanab  chiqish  natijalari  uchastka  saylov  komissiyasining  majlisida  ko‘rib 

chiqiladi hamda rais, rais o‘rinbosari, kotib, saylov komissiyasining boshqa a’zolari tomonidan 

imzolanadigan  bayonnomaga  kiritiladi.  Shundan  so‘ng  bayonnoma  uchastka  saylov 

komissiyasining  raisi  yoki  rais  o‘rinbosari  tomonidan  o‘qib  eshittiriladi  hamda  mazkur 

bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun uchastka saylov komissiyasi 

binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga darhol osib qo‘yiladi. 

Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili, 

kuzatuvchilar  uchastka  saylov  komissiyasi  bayonnomasining  tasdiqlangan  ko‘chirma  nusxasini 

olishga haqli. 

Uchastka  saylov  komissiyasi  bayonnomasining  ko‘chirma  nusxasi  axborot-

kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darhol tegishli okrug saylov komissiyasiga 

xalq  deputatlari  tuman,  shahar  Kengashlariga  saylovda  esa  tegishli  tuman,  shahar  (bundan 

Toshkent shahar saylov  komissiyasi  mustasno) saylov komissiyalariga taqdim etiladi, asl nusxa 

esa rais yoki uning o‘rinbosari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvida olib borib 

topshiriladi. 


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish