35-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obro‘sini himoya qilish
Tadbirkorlik faoliyati subyekti o‘z ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarga raddiya
berilishini sud orqali talab qilishga haqli.
Agar tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar
ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bo‘lsa, bu ma’lumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot
vositalarida berilishi lozim. Agar bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud bo‘lsa,
bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud
tomonidan belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti o‘zining ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar
tarqatilganda, bunday ma’lumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida
yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini va ma’naviy zarar uchun tovon to‘lanishini talab qilishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |