3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda)
olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.
4-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan
hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holar bundan
mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish qonun
hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida
man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari bo‘lishi mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasi 12.12.2003 yil 568-II sonli qonunining XXV-bo'limi 1) bandiga asosan tahrirga kiritildi (olingi
tahriri)
Do'stlaringiz bilan baham: |