O‘zbekiston Respublikasining qonun manbalari



Download 3,05 Mb.
Sana04.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#483171

O‘zbekiston Respublikasining qonun manbalari

8-sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 20-mavzu

Ma’lumki, qonunlar va qonunosti hujjatlar, eng avvalo, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solib turuvchi asosiy vositalardir.

Ammo, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, qonunning mamlakat ichidagi va xalqaro qoidalari o‘rtasida tafovut bo‘lgan hollarda xalqaro shartnoma yoki bitimlar ustuvor hisoblanadi.

Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari hamda O‘z bekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari O‘zbekistonning eng birinchi huquq manbalaridir.

Xalqaro huquqning umume’tirof etgan prinsiplari va normalari – xalqa ro huquqning asosiy qoidalari bo‘lib, ularni xalqaro huquqning barcha subyektlari tan olgan va ularni bajarishga majburdirlar.

Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning ikki yoki undan ortiq subyekti qabul qilgan bitimdir. U tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydigan, o‘zgartiradigan yoki bekor qiladigan hujjatdir.

O’zbekiston Respublikasi qonunlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

1) Konstitutsiya – Asosiy qonun;

2) Konstitutsiyaviy qonun;

3) Qonun;

4) Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat hokimiyatining tashkil etilishini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi.

Konstitutsiyaviy qonunlar Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kirituvchi qonunlardir. Ushbu hujjat uchun Oliy Majlisda ularni qabul qilishning oddiy qonunlarga nisbatan murakkabroq tartib-qoidalari belgilangan.

Qonunlar, o‘z navbatida, kodekslashtirilgan va joriy qonunlarga bo‘linadi. Kodekslashtirilgan qonunlarga kodekslar kiradi.

Kodeks – mantiqiy tizimlashtirish xususiyatiga ega qonun bo‘lib, o‘zida ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir sohasini batafsil tartibga soluvchi normalarni birlashtiradi.

Qonun vaqt bo‘yicha quyidagi tartibda kuchga kiradi:


Qonun vaqt bo‘yicha quyidagi tartibda kuchini yo‘qotadi:
1) rasman e’lon qilinganidan ma’lum muddat o‘tgach;
2) qonunda yoki maxsus hujjatda ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab.
1) qonunning o‘zida ko‘rsatilgan muddat tugagan bo‘lsa;
2) ushbu qonun bekor qilinishi natijasida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig‘i sifatida farmonlar, farmoyishlar va qarorlar chiqaradi.
Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmasligi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari xo‘jalik va ijtimoiy hayotning eng muhim masalalari bo‘yicha qabul qilinadi.

Savol va topshiriqlar:

1. O‘zbekistonda huquq manbalari nimalardan iborat?

2. Xalqaro huquqiy manbalar nimalarni o‘z ichiga oladi? Ular nima uchun kerak?

3. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qanday asosiy guruhlarga bo‘linadi?

4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qanday alohida ahamiyati bor? Bunga sabab nima?

5. Konstitutsiyaviy qonunlar va oddiy qonunlar orasida qanday umumiylik va qanday farqlar bor?

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari qaysi hududda amal qiladi?

7. Qonun qaysi vaqtdan boshlab kuchga kiradi va qaysi hollarda o‘z kuchini yo‘qotadi?

8. Qonun zamonda va makonda amal qiladi deganda nimani tushunasiz?


Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish