O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida» gi qonuni



Download 132 Kb.
bet8/9
Sana18.04.2023
Hajmi132 Kb.
#929781
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qurilishda texnik xavfsizlik

Yashindan himoya qilish
Atmosferadagi bulutlar tarkibidagi suv tomchilarining ishqalanishi va harakatlanishi natijasida tomchi yuzasida manfiy, ichki qismida musbat zaryadlar to’planadi. Havo oqimi ta’sirida suv tomchilari bo’linishi natijasida bulut manfiy va musbat zaryadlangan bo’ladi. Yuzasi yer va bulutdan iborat ulkan sig’im (kondensator) hosil bo’ladiki, elektr maydoni kuchlanishi ma’lum qiymatga yetganda zaryadlanish hosil bo’ladi. Kuchli yoritilgan yashin yo’li ko’rinib kuchli tovush eshitiladi. Bu vaqtda yashin qanalida tok kuchi 200000 amper, kuchlanish 150 mln V, harorat 6000-8000 gradus C gacha yetishi mumkin.
Yashin yer ustida joylashgan inshootlarga ikki xil ta’sir ko’rsatadi.
Yashinning yer ustidagi inshoot, qurilmalarga to’g’ri urilishi uning buzilishiga, yonuvchi modda va materiallarning alangalanishiga olib keladi. Yashinning ikkilamchi ta’siri himoyalanuvchi bino va inshootlarning metal konturiga yashin urilish vaqtida zaryadlarning elektrostatik va elektromagnitli induktsiyalanishi bilan boradi. Natijada uchqunlanish bilan bog’liq xavfli vaziyat vujudga keladi.
Sanoat korxonalarida yashinning birlamchi va ikkilamchi ta’siri natijasida sodir bo’ladigan yonish, portlash, buzilish kabi hodisalarning oldini olish maqsadida CH 305-79 ga asosan muhim tadbir-choralar ko’riladi.
Atmosfera elektrini neytrallash uchun mo’ljallangan tadbirlar tizimi himoya moslamalari kompleksiga “yashindan himoyalash” deyiladi. Binolarni, inshootlarni yashin urishdan saqlaydigan moslamani “yashin qaytargich” deb aytiladi. U yashinni qabul qiluvchi, tokni uzatuvchi va yerga ulovchi vositadan tashkil topadi.
Yashin qabul qiluvchi vosita o’zakli, antennali va to’rsimon shaklda bo’lishi mumkin, kesim yuzasi kamida 100 кв. mm bo’lishi kerak. Yashindan himoya qilinadigan barcha bino va inshootlar uchta kategoriyaga bo’lingan.
1 kategoriyaga V-1, V-2 sinfiga kiruvchi binolar, qurilmalar, A kategoriyaga mansub ishlab chiqarish kiradi.
2 kategoriyaga V-1a, V-1b, V-2a, V-1g sinfiga taaluqli binolar, qurilmalar va B kategoriyaga mansub ishlab chiqarish kiradi.
3 kategoriyaga P-1, P-2a, P-3 sinfiga oid binolar, qurilmalar va yong’indan xavfli V, G, D kategoriyadagi ishlab chiqarishlar kiradi.
O’zakli yashin qaytargichning balandligi h=60m va undan kam bo’lganda himoya zonasi asosi doiradan iborat bo’lgan ko’nus shaklida tasvirlanib, zona radiusi r=1,5h gat eng deb olinadi.
Yer yuzasidan inshootni balandligi hx bo’lganida yashin qaytargichning balandligida himoya zonasi radiusi quyidagi tenglamalardan topiladi va yashin qaytargich soni belgilanadi:
rx=1,5(h-1,25hx) 0rx=0,75(h-hx) 2/3h

Instruksiyalar va ishchilarni xavfsiz ishlash usullariga o’rgatish


Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishga yangidan-yangi texnologiya va mashina-uskunalarning joriy etilishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, texnika qonuniyatlarini yaxshi tushunishni va unga amal qilishni talab qilmoqda. Hozirgi vaqtda ishchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko’plab qoida, norma, instruksiyalar ishlab chiqilishiga qaramay, sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarning butunlay yo’qolib ketishini ta’minlaydigan va tartibga soladigan sharoit mavjud emas. Sanoat korxonalarini xilma-xilligini hisobga olib o’zi uchun mos keladigan mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan instruksiyalar tizimi ГОСТ 12.0.004-79 (MXCC) tashkil qilingan.
Bu tizimlar ishchilarning xavfsizligini ta’minlovchi ish usullarini o’rgatish bilan ishchining mehnat xavfsizligini saqlash chora-tadbirlarini ham o’z ichiga oladi.
ГОСТ 12.0.004-74 (MXCC) ga asosan kimyo sanoati muhandis-texnik xodimlari, asosiy va qo’shimcha tsexlarning ishchilari, korxona xizmatchilari, kimyo sanoati vazirligi xizmatchilari ishlab chiqarish xavfsizligi xususiyati darajasidan, ish staji va ishning turidan qat’iy nazar instruktajdan o’tishlari kerak.
Instruktajlarni asosan beshta guruhga bo’lish mumkin:

  1. Kirish instruktaji.

  2. Ish joyidagi instruktaj.

  3. Rejali instruktaj.

  4. Rejadan tashqari instruktaj.

  5. Kundalik instruktaj.

Ishga yangi kirayotganlar uchun kirish instruktaji o’tkaziladi. Bu instruktajning asosiy maqsadi ishga kirayotgan yangi kishiga mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi to’g’risida ma’lumot berish, uni sanoat korxonasi maydonida va tsexlaridagi tartib-qoidalardan xabardor qilishdan iborat. Kirish instruktaji xavfsizlik texnikasi muhandisi tomonidan yaxshi jihozlangan va ko’rgazmali qurollar o’rnatilgan mehnatni muhofaza qilish xonasida o’ykaziladi.
Kirish instruktaji vaqtida mehnatni muhofaza qilish asoslari, sanoat korxonasida o’rnatilgan ichki tartib, qoidalar, xavfsizlik texnikasining umumiy talablari, ish joyini tashkil qilish, uskuna-qurilmalardan xavfsiz foydalanish usullari, baxtsiz hodisalarning oldini olish usullarini tushuntirish, xavfli moddalar bilan ishlash tartibi, jihoz-uskunalarni to’xtatish usullari, zarur vaqtda ko’rsatiladigan birinchi yordam va boshqa masalalarga e’tibor beriladi.
Ishga kirayotgan yangi xodimga kirish instruktaji o’tkazilganligi, uning bilimi tekshirilganligi haqida maxsus daftarga yozib qo’yiladi.
Ish joyidagi instruktaj ishga yangi kirgan, bir ishdan boshqa ishga, bir mashinadan ikkinchi mashinaga, bir uchastkadan ikkinchi uchastkaga o’tkazilgan ishchilarga o’tkaziladi. Ish joyidagi instruktajda quyidagi ma’lumotlar berilishi kerak:
Ishchining doimiy ish joyi, tsexdagi texnologik jarayon, xavfli uchastkalar, ishlatiladigan uskuna va dastgoh tuzilishi, xavfli joylari, muhofaza qurilmalari va vazifalari, ishga tayyorlanish qoidalari, uskuna, moslamalarning sozlanganligi va yerga ulanganligi, yordamchi ish qurollarining mavjudligi, shaxsiy muhofaza vositalarining vazifalari va boshqalar.
Ish joyidagi instruktajdan o’tkazilgan ishchilar bilimi tekshirilgach, ular 2-5 kun davomida brigadir nazoratida ish bajaradilar, so’ngra mustaqil ish yuritish haqida ruxsat rasmiylashtiriladi va instruktaj daftariga yozib qo’yiladi. Unga imzo qo’yilib instruktaj olgan sana kuni ko’rsatiladi.
Agar, mehnatni muhofaza qilish qoidalarida, texnilogik jarayonda, uskuna-moslama tuzilishida, xom ashyo materiallarida o’zgarish bo’lsa, mehnatga xavfli birliklar mavjud bo’lsa, shuningdek ba’zi bir ishchilar xavfli ish usullaridan foydalanayotganligi sezilsa, baxtsiz hodisalar sodir bo’lsa, mehnat intizomi va xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilsa, ishchi ishlayotgan joyda biron bir sabab bilan (30-60kun) uzilish ro’y bersa va boshqa hollarda rejadan tashqari instruktaj o’tkazilishi mumkin. Sanoat korxonasida avariya sababli baxtsiz hodisa ro’y berganligi haqida xabar eshitilgandan keyin ham darhol rejadan tashqari instruktaj o’ykaziladi.
Kundalik instruktaj naryad-ruxsat bilan bajariladigan xavfli ishlar uchun ish boshlanishidan oldin o’tkaziladi. Bu instruktajning o’ykazilganligi haqida ma’lumot naryad-ruxsatga yozib qo’yiladi.



Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish