O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida» gi qonuni



Download 132 Kb.
bet3/9
Sana18.04.2023
Hajmi132 Kb.
#929781
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qurilishda texnik xavfsizlik

Yonishning fizik-kimyoviy asoslari. Yonuvchi moddabilan havodagi kislorodning o’zaro ta'siri natijasida juda tez kechuvchi va ko’p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi kimyoviy reaksiyaga yonish deyiladi. Ko’p hollarda yonish yonuvchi modda zarrachalarining nurlanishi bilan birga kechadi. Yong’in hosil bo’lishi va davom etishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq yoki gazsimon), oksidlovchi modda (oddiy sharoitda oksidlovchi modda vazifasini havodagi kislorod o’tashi mumkin) va yondiruvchi manba (uchqun, ochiq alanga va cho’g’langan narsa) mavjud bo’lishi kerak. Shuni aytish kerakki, havodagi kislorod miqdori 15 %dan yuqori bo’lgandagina oksidlovchi vazifasini bajara oladi, undan past konsentratsiyada esa yonish sodir bo’lmaydi. Bundan tashqari, oksidlovchi modda vazifasini tegishli sharoitlarda xlor, brom, kaliy va boshqa moddalar ham o’tashi mumkin.
Xavfliligi bo’yicha barcha modda va ashyolarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: yonmaydigan, yonish yoki yonish va portlash xavfi mavjud hamda portlash xavfi mavjud moddalar.
Yonmaydigan modda va ashyolarning yonish yoki yong’inni uzatish xususiyatlari yo’q. Masalan, g’isht, metall, beton va boshqalar. Yonish xavfi maxsus modda va ashyolar havoda yonish va yong’inni uzata olish xususiyatiga egadir. Masalan, yog’och, qog’oz, paxta tolasi, mazut, portlash xossasiga ega bo’lmagan changlar.
Dastlabki va avtomatik o't o’chirish vositaiari. Yonish jarayoni to’xtashi uchun oksidlanish-tiklanish ekzotermik zanjir reaksiyasi tuzilishi kerak. Bu reaksiyada to’xtashning fizik hamda kimyoviy usullari qo’llaniladi. Fizik usullari: alangani yonuvchi modda yuzasidan uzib tashlash, yonuvchi modda yuzasi haroratini alangalanish haroratidan pasaytirish, oksidlovchi modda (kislorod) konsentratsiyasini kamaytirish (ko’pincha yonmaydigan gazlar konsentratsiyasini oshirish hisobiga) va yonuvchi modda bilan oksidlovchini bir-biridan ihotalash. Kimyoviy usullar yonish reaksiyasini tormozlash hisobiga amalga oshiriladi.
O’t o’chirish vositalari asosan uch guruhga bo’linadi:
1) yonishni tugatish usufi bo’yicha — sovituvchi, aralashtiruvchi ixotalovchi, ingibirlashtiruvchi;
2) elektr o’tkazuvchanligi bo’yicha — elektr tokini o’tkazuvchi (suv, bug’, ko’pik), elektr tokini o’tkazmaydigan (gazlar, kukunli birikmalar);
3) zaharliligi bo’yicha — zaharli (freon, brometil), kam zaharli (karbonat angidrid, azot), zaxarsiz (suv, ko’pik, kukunli birikmalar).
Suv o’tni o’chirishda eng keng tarqalgan moddadir. O’zining quyidagi xususiyatlari tufayli o’tni o’chirishda eng afzal hisoblanadi. Issiqlik sig’imi katta, yonayotgan yuzaga tushganda uning issiqligini yutib oladi. Yuqori haroratli yuzalarga tushgan suv tezda bug’lanadi. Bug’lanish natijasida uning hajmi 1700 marta ortadi va vaqtincha yonayotgan yuzani qamrab olib havodagi kislorod miqdorini kamaytiracli. Suvning yuzalarni ho’llash xususiyati yong’inning tarqalmasligida katta ro’l o’ynaydi. Uning sirt tarangligi kichik (0,073 n/m) bo’lganligi uchun yonayotgan moddalarning tirqish va teshiklariga tezda kirib ularni sovitadi.
So’nggi yillarda suv neft mahsulotlarini ham o’chirishda ishlatilmoqda. Yong’in bo’layotgan yuzalarga u mayda zarrachalar holida sepiladi. Bu mayda (0,1—0,5 mm kattalikdagi) tomchilar tezda bug’lanadi va bug’ yonayotgan suyuqlik yuzasini qamrab olib kislorodni o’tkazmaydi. Shuningdek, suv oxirgi paytlarda o’t o’chirishda keng qo’llanilayotgan havo-mexanik ko’pik hosil qilishda ham ishlatiladi.
O’t o’chirishda suvning salbiy xususiyatlaridan biri uning elektr tokini o’tkazuvchanligidir. Bu kuchlanish ostida bo’lgan uskunalarni o’chirish imkonini bermaydi. Bundan tashqari, suv ayrim moddalar (kaliy, natriy) hilan kimyoviy reaksiyaga kirishib parchalanadi. Parchalanisb natijasida ajralib chiqadigan vodorod portlashi mumkin, kislorod esa yonishni kuchaytiradi. Shuningdek, suv bilan kalsiy karbidini ham o’chirib bo’lmaydi, chunki unga suv tekkanda yonuvchi gaz — atsetilen ajrahb ehiqadi.
Karbonat kislotali o’t o’chirish asboblari havo kirmaganda ham yona oladigan moddalardan boshqa turli moddalarni o’chirishda ishlatiladi. Shu bilan birga 100 V. gacha kuchlanish ostida bo’lgan elektr uskunalarini ham o’chirishda ishlatish mumkin.
Suyultirilgan karbonat kislotasi po’lat ballonga joylashtirilgan bo’lib, uning bo’yin qismida pistoletsimon lo’kidon hamda sifon naychasi bo’ladi. Lo’kidonning nippelli qismiga karnaysimon plastmassa quvur o’rnatilgan. Lo’kidonning yon tomonida o’rnatilgan saqlovchi qopqoq ballonni portlashdan saqlash uchun mo’ljallangan. Ballon har yili kamida 1 marta sinov bosimidan o’tkaziladi.
Hozirgi paytda karbonat kislotah o’t o’chirish asboblarining OU, OU-2A, OU-5, OU-8, OU-2MM va OU-5MM rusumlari chiqarilayapti.
Kimyoviy ko'pikli o’t o’chirish asboblari qattiq modda-larni hamda maydoni 1 m2 gacha bo’lgan suyuq yonuvchi moddalarni o’chirishda ishlatiladi. Ular bilan kuchlanish ostidagi uskunalarni o’chirib bo’lmaydi. 1-rasmda KXKO’-10 o't o’chirish asbobining sxemasi keltirilgan.

1-rasm. Kimyoviy ko’pikli KXKO – 10 o’t o’chirish asbobi:


1-tutqich; 2-qopqoq; 3-ko’pik chiqarish teshikchasi; 4-kislota to’ldirilgan
polietilen stakan; 5-ishqor aralashmasi; 6-po’lat ballon.

Kavsharlangan po’lat ballon ichiga ishqor aralashmasi (NaOH), polietilen stakanga esa sulfat kislotasi to’ldiriladi. Bu ikki suyuqlikni aralashtirish natijasida kimyoviy ko’pik hosil bo’ladi. Buni amalga oshirish uchun tutqichni qarama-qarshi tomonga burab stakanning tiqini ochiladi va po’lat ballonni 180° ga buriladi. Stakandagi kislota teshikchalar orqali oqib chiqib ishqorga aralashadi va reaksiyaga kirishib ko’pikka aylana boshlaydi. Ko’pik hajmi juda tez kengaya boradi va ballon ichida 0,08—0,14 MPa miqdorida bosim hosil qiladi. Hosil bo’Igan ko’pik teshikcha orqali otilib chiqa boshlagach, uni alanga chiqqan yerga yo’naltirish kerak.


Bu o’t o’chirish asbobida xavfsizlikni ta'minlash uchun teshikchani sim bilan oldindan tozalab keyin ishga tushirish kerak. Aks holda ko’pik qotib qolib teshikchani berkitib qo’ygan bo’lsa, ballon portlab ketishi ham mumkin. Bundan tashqari, har yili po’lat ballonni 2 MPa gidravlik bosimda sinab ko’riladi, so’ngra kislota va ishqor bilan qaytadan to’ldiriladi.
Havo-ko’pikli o’t o’chirish asboblari ishqorli elementlar va elektr uskunalaridan tashqari turli moddalarni o’chirishda ishlatiladi. 2-rasmda OVP-10 havo-ko’pikli o’t o’chirish asbobining sxemasi tasvirlangan. Bu asbob yong’in yuzalarini 60 karrali ko’pik bilan ta'minlashi mumkin. o’t o’chirish asbobining qobig’ida ko’pik hosil qiluvchi qorishma, stakan ichida esa bosim ostida karbonat kislotasi joylashtirilgan.
Bu asbobni ishga tushirish uchun dastak qattiq bosiladi, shu bilan birga karbonat kislota solingan ballonchaning membranasi teshiladi. Undan chiqayotgan karbonat kislota asbob qobig’i ichida bosim hosil qiladi. Natijada, ko’pik hosil qiluvchi modda sifon orqali karnaysimon og’izga chiqib, havo bilan aralashib ko’pik hosil qiladi.

2-rasm. Havo-ko’pikli OBVP-10 o’t o’chirish asbobi:
1-tutkich; 2-dastak; 3-ko’pik hosil qiluvchi aralashma; 4-purkagich;
5-karnaysimon quvurcha; 6-metall to’r.


Xladonli va aerozolli o’t o’chirish asboblariga karbonat kislotali - brom-etilli o’t o’chirish asboblari kiradi. Ularning zaryadi sifatida galloidlangan uglevodorodli birikmalar ishlatiladi (bromii etilen, bromli etil, tetraftordibrometan va boshq.). Bu asboblar transport vositalari va kuchlanishi 380 V. gacha bo’lgan elektr uskunalaridan chiqqan yong’in-larni o’chirishda ishlatiladi.
Kukunli o’t o’chirish asboblarida o’chiruvchi modda sifatida kukunli tar-kiblar ishlatiladi. Hozirgi paytda OP-1, OP-2, OP-2B, OP-8Bl va boshqa kukunli o’t o’chirish asboblari ishlab chiqarilmoqda.
OP-1 asbobidan tashqari barcha kukunli o’t o’chirish asboblarida kukun qisilgan havo yoki gaz (azot) yordamida purkaladi. Bu turdagi o’t o’chirish asboblari ishqoriy metallar, yengil yonuvchi suyuqliklar, kuchlanish ostidagi elektr uskunalari yonganda o’chirish uchun ishlatiladi.



Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish