17-modda. Ish beruvchining asosiy huquqlari Ish beruvchi:
korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
(17-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning VI bobi (“Mehnat shartnomasi”). mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 176-moddasi. o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish huquqiga egadir.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 28-moddasi. 18-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning xususiyatlari Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin, bular:
xodim bilan korxona o‘rtasidagi mehnat aloqasining xususiyati;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 76-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kasanachilik to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom. xodim mehnatining shart-sharoitlari va xususiyati;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 116-118, 136, 137, 217 va 225-moddalari. tabiiy iqlim sharoitlari;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 136, 138-moddalari, 153-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlari. xodim mehnat qilayotgan joyning alohida huquqiy tartibi;
boshqa obyektiv omillar bilan belgilanadi.
Davlat xizmatchilarining mehnatini tartibga solish xususiyatlari qonun bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-sonli Farmoniga asosan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida nizom. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning belgilanadigan xususiyatlari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan mehnat huquqlari va kafolatlarining darajasini pasaytirishi mumkin emas.