111-modda. Ishga tiklash Mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda
boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o‘zi, sud yoki boshqa vakolatli organ
tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim.
Nizoni ko‘rish vaqtida ish beruvchiga mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni boshqa
ishga o‘tkazishning asosliligini isbotlab berish mas’uliyati yuklatiladi.
Agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining
tashabbusi bilan bekor qilishni kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik
organi bilan oldindan kelishib olish nazarda tutilgan bo‘lsa, sud kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki
xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligi olingan-olinmaganligini aniqlaydi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 46-bandi . 112-modda. Mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilganlik yoki xodimni g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazganlik uchun ish beruvchining javobgarligi Ishga tiklanganda ish beruvchiga xodimga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatiladi.
Zararni qoplash:
majburiy progul vaqti uchun haq to‘lash shartligidan (
275-modda
);
mehnat shartnomasi bekor qilinganligi yoki xodim boshqa ishga o‘tkazilganligi ustidan
shikoyat qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar (mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish
uchun ketgan xarajatlar va boshqalar) uchun kompensatsiya to‘lashdan;
ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to‘lashdan iboratdir. Ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan
kompensatsiyaning miqdori ish beruvchining xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olib, sud
tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor xodimning oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 188-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1021 va 1022-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 46 va 50-bandlari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28- apreldagi 7-sonli “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori . Xodimning iltimosiga ko‘ra sud ishga tiklash o‘rniga uning foydasiga (ushbu moddaning
ikkinchi qismida
nazarda tutilgandan tashqari) kamida uch oylik ish haqi miqdorida qo‘shimcha
haq undirib berishi mumkin.
Mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishda yoki xodimni g‘ayriqonuniy
ravishda boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar xodimga ish haqi to‘lanishi
munosabati bilan ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun ushbu Kodeksning
274-moddasida
nazarda tutilgan tartibda moddiy javobgar bo‘ladilar.