273-modda. Mehnatga doir ayrim ishlar bo‘yicha qarorlarni darhol ijro etish Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda uni ishga
tiklash, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risida sud
chiqargan hal qiluv qarori yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi
ishiga tiklash haqida mehnat nizolarini ko‘ruvchi organ chiqargan qaror darhol ijro etilishi lozim. Ish
beruvchi tomonidan bunday qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda, qarorni qabul qilgan mehnat
nizolarini ko‘ruvchi organ ijro kechiktirilgan barcha vaqt uchun xodimga o‘rtacha ish haqi to‘lash
yoki ish haqidagi farqni to‘liq miqdorda to‘lash haqida tegishincha ajrim yoki qaror chiqaradi. Agar
g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodim mehnat nizolari komissiyasi tomonidan
berilgan guvohnoma asosida komissiya qarorini majburiy ravishda ijro ettirishni so‘rab sudga
murojaat qilgan bo‘lsa, sud mehnat nizolari komissiyasi qarorining ijrosi kechiktirilganligi tufayli
yuzaga kelgan majburiy progul vaqti uchun xodimga ish haqi to‘lash to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 169-moddasi . Mehnat nizolarini ko‘ruvchi organning xodimga uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun ish
haqini to‘lash to‘g‘risidagi qarori ham darhol ijro etilishi lozim.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 266-moddasining 2 , 3 va 4- bandlari . 274-modda. Mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishda yoki xodimni g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxs zimmasiga moddiy javobgarlik yuklash Sud xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishda yoki
xodimni g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxs
zimmasiga ana shu xodimga ish haqi to‘lanishi munosabati bilan ish beruvchiga yetkazilgan zarar
o‘rnini qoplash majburiyatini yuklaydi. Bunday majburiyat, basharti mehnat shartnomasini bekor
qilish yoki boshqa ishga o‘tkazish qonunni ochiq-oydin buzgan holda amalga oshirilgan yoki
mansabdor shaxs sudning xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi qarori ijrosini kechiktirgan bo‘lsa,
yuklatiladi.
Etkazilgan zarar o‘rnini qoplash uchun to‘lanadigan haq miqdori mansabdor shaxsning uch
oylik maoshidan ortib ketmasligi lozim.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 51 va 53-bandlari .