52-modda. Davlat sektoriga mablag‘ jalb qilish masalalaridagi maslahatlashuvlar
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan mablag‘ jalb qilish, shu jumladan ushbu mablag‘ni jalb qilish doirasida to‘lanadigan summalarni berish masalalari, shuningdek kreditlar berishning taklif etilayotgan muddatlari hamda shartlari yuzasidan Markaziy bank bilan maslahatlashadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va uning davlat organlari olayotgan barcha qarzlar hamda kreditlar to‘g‘risida Markaziy bankka xabar beradi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang O‘zbekiston Respublikasining “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |