28-modda. Pul-kredit ko‘rsatkichlarining maqsadli mo‘ljallari
Markaziy bank inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, bir yoki bir nechta pul-kredit ko‘rsatkichlari o‘zgarishining maqsadli mo‘ljallarini belgilashi mumkin.
29-modda. Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari
Markaziy bank har xil turdagi pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha bir yoki bir nechta foiz stavkasini belgilashi mumkin.
Markaziy bank amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati doirasida bozor foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsatish uchun foiz siyosatini qo‘llaydi.
Markaziy bank pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalarini o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |