59-modda. Markaziy bankning ustuvor huquqi
Markaziy bankka qarzdorning Markaziy bankdagi hisobvaraqlaridagi qoldiqlari va boshqa aktivlari hisobidan o‘zining qonun hujjatlarida belgilangan talablarini qanoatlantirishda ustuvor huquq beriladi.
Markaziy bank o‘zining ustuvor huquqini hisobvaraqlardagi qoldiqlarni ushlab qolish yoki boshqa aktivlarni maqbul narxlarda sotish va sotish xarajatlari chegirib tashlanganidan keyin o‘ziga tegishli bo‘lgan miqdordagi tushumni ushlab qolish orqali amalga oshirishi mumkin.
10-bob. Kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini, shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni tartibga solish va nazorat qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |