4-modda. Markaziy bankning mol-mulki
Markaziy bankning mol-mulki uning pul qimmatliklari va boshqa moddiy qimmatliklaridan iborat bo‘lib, ularning qiymati Markaziy bankning balansida aks ettiriladi.
Markaziy bank o‘z balansida aks ettirilgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanishga va uni tasarruf etishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining II bo‘limi va “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni.
5-modda. Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari
Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari:
narxlarning;
bank tizimining;
to‘lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta’minlashdan iboratdir.
Markaziy bankning bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha faoliyati narxlarning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
Foyda olish Markaziy bankning maqsadi hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |