O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Iqtisodiy ukladlarni o’rganish



Download 1,75 Mb.
bet62/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Iqtisodiy ukladlarni o’rganish. Iqtisodiyot hamma vaqt – ilk sinfiy sivilizatsiyaga o’tish davridan boshlab ko’p ukladli bo’lib qoldi va bundan keyin ham shunday bo’lib qolaveradi. Biroq mulkchilikning turli shakllariga asoslangan va taqsimot va ayriboshlashning tegishli shakllariga asoslangan iqtisodiy ukladlarning nisbati va tarkibi o’zgaradi. Shuning uchun ishlab-chiqarishning bir-birini almashtiradigan iqtisodiy usullarini har birini tuzulmasi bo’lmay, o’ziga xos bo’ladi. Lokal sivilizatsiyalar rivojlanishining o’xshash bosqichlarida ham u farq qiladi. Shu bilan birga yetakchi an’analarni ajratish mumkin, uning asosida iqtisodiy munosabatlarning genetikasi va siklik dinamikasi yotadi.
Ishchi kuchini takror ishlab-chiqarish usuli (ijtimoiy-iqtisodiy tomondan) sivilizatsiyadan sivilizatsiyaga o’zgaradi. Xo’jalikni tovarligini o’sishi oilaning ehtiyojlarini yanada katta ulushlarini tovar va pullik xizmatlarni sotib olish hisobidan qoplanar edi. Lekin shaxsiy xizmatlarni sezilarli ulushi hech qanday tovar xususiyatiga emas edi. Lekin shaxsiy xizmatlarni sezilarli ulushi hech qanday tovar xususiyatiga ega emas edi. Oila dastlab o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish asosida, keyinchalik esa o’z ehtiyojlarini qondirish uchun tobora ko’proq (ayniqsa shaharlarda) bozorga murojaat qila boshlashdi.
Mehnatga mayda xususiy mulkchilikka asoslangan ishlab-chiqarish o’rta asrlar Yevropasi va Sharq mamlakatlariga yetakchi o’ringa ega bo’lib qishloqni qamrab olgan edi. Bu yerda esa feodal munosabatlar dehqon oilalarini natural xo’jaligi bilan birga hukmron edi. O’rta asrlar shaharlarida mahsulotlarni asosiy qismini sexlarga birlashgan hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilib mayda savdogar tomonidan sotilar edi. To’lov asosida xizmatlar asta-sekin rivojlandi. Kapitalistik ukladning shakllanishi, rivojlanishi bilan manufakturalar, fabrika-zavodlar iqtisodiyotning mustaqil yo’lidan mayda tovar ukladini chetga surib qo’ydilar.
Industrial jamiyat arafasida mehnatni uyda tashkil qilish keng tarqalib savdo kapitaliga qishloqdagi mol-hol arzon ishchi kuchidan mahsulot olishga imkon berdi.
Qishloq xo’jaligida ish bilan band bo’lganlar sonining kamayishi xizmat ko’rasatish sanoat sohalarini yuqori darajada rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi. AQShda xizmat ko’rsatish sohasida XX asr o’rtalarida aholini yarmi band edi. Xizmat ko’rsatish sohasida va qishloq xo’jaligida mayda tovar ukladi uchun joy qoldi.
Sotsialistik iqtisodda mayda tovar ukladi ayniqsa kollektivlashtirish orqali zo’ravonlik bilan to’la siqib chiqarildi.
Jamoa Yevropa va Sharq mamlakatlarida feodal jamiyatning tayanchlaridan biri edi. Ular o’zini tashkillashtiradigan, o’zaro yordam qiladigan qishloq jamoalari feodal rentasini amalga oshirishning kafolatchisi edilar. Kapitalizm jamoani yemirdi. Lekin Sharq mamlakatlarida u hozirgacha saqlabib qoldi. Jamoa yer egaligi, bir tekisda yerni taqsimlanishi dehqonchilikda progressga to’sqinlik qildi.
Quldorlik ukladi o’rta asrlarda va industriya arafasida qoldiq (relikt) sifatida ko’proq Sharq mamlakatlarida saqlanib qoldi. Amerikaning ochilishi va mustamlaka qilinishi bilan kutilmaganda qayta tug’ildi. Qulchilik ommaviy tus oldi. Shimoliy Amerikada qulchilik XIX asrning 60-yillarida industrial sivilizatsiyani gullab-yashnagan davrida bekor qilindi.
Feodal ukladi yirik yer egalari va qaram mayda yer egalari ko’rinishida so’nggi quldorlik jamiyati bag’rida vujudga keldi. Xitoyda u III-IV asrlarda yetakchi o’rinni egalladi. O’rta Osiyoda V asrda, G’arbiy Yevropada feodal munosabatlari VI-VII asrdan boshlab hukmron bo’ldi. Vizantiyada IX-XII asrlarda feodal munosabatlari to’la o’zgardi.
O’rta asrlar iqtisodiyotida erkin shaharlar sezilarli o’rin egalladi. Ular o’ziga xos ukladning tashuvchilari edilar, qaysiki uni aralash feudal kapitalistik deb aytish mumkin. Bu yerda feodal zodagonlar, cherkov, davlat hokimiyatini ta’siri kuchli edi, shu bilan bir vaqtda mayda hunarmandlar, savdogarlar ko’pchilikni tashkil qilar edi.
Iqtisodiy kuch yirik savdogarlar, sexlarning boshliqlari, bankirlar qo’lida edi. Universitetlarda, hamda yozuvchi rassom, artistlar tomonidan erksevar ruh qo’llab quvvatlanar edi. Kapitalistik uklad savdo, bankning ilk shakllarida antik sivilizatsiya bag’rida tug’ildi, lekin sezilarli rivojlanmadi. O’rta asrlar sivilizatsiyasi oxirida bu unsurlar erkin shaharlarda qayta tug’ildi va mustahkamlandi, industriya arafasi sivilizatsiyasida esa yetarlicha keng rivojlandi. O’sha davrning eng yirik voqeasi dastlab manufaktura asosida sanoat kapitali tug’ildi. Shu bilan kapitalini o’z-o’zidan o’sib boradigan qiymat sifatida kapitalni takror ishlab-chiqarish shart-sharoitlari yaratildi. Bu jarayonning cho’qqisiga XVI asrda erishildi.
Kapitalistik ukladning feodalizm ustidan hal qiluvchi g’alabasiga Yevropaning ilg’or mamlakatlarida XIX asr boshlarida sanoat inqiloblari va qator burjua inqiloblari natijasida erishildi.
Bu ishlab-chiqarishning kapitalistik usulini tongi, avjiga chiqqan asri edi. Kapitalizm Yevropaning ko’pgina mamlakatlarida, Shimoliy Amerikada qaror topdi. U o’z ta’siri ostiga Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining ko’p mamlakatlarini yarim mustamlaka, mustamlakalar sifatida o’z ta’siri ostiga oldi.
Kapitalistik uklad jamg’arish va mashina texnologiyalarini o’zlashtirish yo’lida barcha to’siqlarni bosib o’tib tadbirkorlik va raqobatni kuchli quvvatlariga tayanib, kapitalni yuqori harakatchanligiga erishdi. Kapitalistik uklad yangi soha va hududlarga kirib bordi, iqtisodiy o’sishning yuqori suratlari ta’minlandi, nihoyatda rivojlangan mamlakatlarda turmush darajasi sezilarli ko’tarilishiga olib keldi.
Kapitalistik uklad o’z taraqqiyotini bir necha bosqichlarni shakl va mexanizmlarini ixcham o’zgartirgan holda bosib o’tdi. Muomala dastlab (savdo va sudxo’rlik kapitali) sohasida tug’ilib va ko’pincha u orqali dastlabki jamg’arish jarayonini amalga oshirib kapital ishlab-chiqarishga keng qamrovli yoritildi. Ishlab-chiqarishning iqtisodiy shart-sharoitlarini tubdan o’zgartirdi. Boshqa individual xususiy kapital yetakchi edi, qaysiki kapital-mulk va kapital funksiya yaxlit birlikda bo’lib, mulkdorni o’zi faol tadbirkor edi. Keyin yirik investitsiyalarga ehtiyoj yakka kapitalistlarning imkoniyati doirasidan chiqdi. Aktsioner kapital vaqti keldi. Kapital-mulk va kapital-funksiya bo’lindi, ishlab-chiqarishni yollanma menedjer boshqarib aksionerga daromad keltira boshladi.
Keyingi bosqich monopolistik kapitalizm bo’ldi, u ulkan kapitallarni yangi kapital qo’yiladigan sohalarga to’plab ularga kengaytirilgan takror ishlab-chiqarish sharoitlarini yaratdi, va monopol baho yordami bilan monopol yuqori foydani ta’minladi. Qator yetakchi sohalarda qo’shimcha qiymatni qayta taqsimlash hisobidan monopol foyda olish iqtisodiy zaruriyat edi – busiz yirik ilmiy-texnik va investitsion loyihalarni amalga oshirib bo’lmas, kengaytirilgan takror ishlab-chiqarishni ehtiyojlarini qondirib bo’lmas edi. Lekin monopoliyaning salbiy tomonlari tez ko’rindi: ishlab-chiqarishning samaradorligi past bo’lsada monopopliyalar yuqori foyda oldilar. Monopoliyalar ishlab-chiqarish va mulkni konsentratsiyasini oliy va eng so’ngi shakli edi.
Ular o’zlarini tugallab ixcham va samarali kichik biznesga yo’l ochdilar, qaysiki XX asrning so’ngi choragida qayta uyg’ona boshladi.
Iqtisodiyotda davlat sektori barcha uch sivilizatsiya davrida sezilarli o’rin egalladi. Odatda u mustaqil uklad sifatida chiqmay ishlab-chiqarishning yetakchi usuliga xizmat qildi. Davlat mulki sharq mamlakatlarida davlat-saroy xarajatlarini qoplashda feodal munosabatlarni qo’llab-quvvatlashda muhim manba bo’lib xizmat qildi.
Kapitalizm davrida davlat sektorining ahamiyati pasaydi, qaysiki klassik burjua munosabatlariga davlatga ichki tartibni saqlab turuvchi “tunggi qorovul” vazifasi, hukmron sinfni tashqi manfaatlarini amalga oshirish funksiyasi yuklandi. Ammo ikkinchi jahon urushi, 1929-1933 yillardagi jahon tushkunligi va kengaytirilgan takror ishlab-chiqarishni ta’minlash qiyinchiliklari davlat sektorini keskin o’sishiga, davlat monopolistik kapitalizmini shakllanishiga olib keldi. U davlat hokimiyatini takror ishlab-chiqarish jarayonlariga aralashuvi kuchaydi, erkin bozor raqobatini chekladi va kapitalizmni so’nishini belgilaridan biri bo’ldi.
XX asrning iqtisodiy hayotning sezilarli voqeliklaridan biri sotsialistik uklad edi. Bu uklad SSSR va unga ergashgan boshqa mamlakatlarda qaror topdi. Sotsialistik uklad haqiqiy umumxalq, xo’jalikning rejali yuritilishi tushkunliklarsiz o’sishiga asoslangan deb kapitalistik ukladga qarama-qarshi qo’yildi.
Lekin XX asrning so’ngi o’n yilliklari tarixiy tajribasi sotsialistik ukladning mazmuni, afzalligi va istiqbollariga qarashni o’zgartirdi. U davlat-monopolistik kapitalizmini antagonizmi emas, balki boshqacha ko’rinishi edi. Davlat sotsialistik mulkchiligi bevosita ishlab-chiqaruvchilarni ishlab-chiqarish vositalariga egalik qilishdan, uning natijalari va qo’shimcha mahsulotdan bahramand bo’lishdan mahrum qildi. Rejalik iqtisodiy jarayonlarga zo’ravonlik bilan kirishga, volyuntarizm va avantuyurizmda o’z ifodasini topdi. Bularning oqibatida SSSRda kollektivlashtirish, Xitoyda “katta sakrashlar” natijasida ishlab-chiqarish kuchlarini qisman yemirilishiga olib keldi.
Sotsialistik eksperement kimnidir xatosi yoki yovuz niyati oqibati emas edi. Agar XX asrda uning ob’yektiv asoslari, ommaviy va intellektual qo’llab-quvvatlash bo’lmasa u deyarli bir asrga yaqin mavjud bo’lmas edi. U o’zining ijobiy rolini ham o’ynadi. Keng tarqalgan kommunistik aqidalarni ba’zilarining xatoligini ko’rsatib olmay balki u taklif qilgan va qo’llagan qator ijtimoiy-iqtisodiy boshqarish metodlari Yaponiya, Shvetsiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda rahbarlik sifatida qabul qilinib o’zini oqladi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish