1-jadval. Quyidagi jadvalni mavzu asosida olgan bilimlaringizga asoslanib to’ldiring.
2.Tarix fanlari taraqqiyoti va shakllanishining asosiy bosqichlari jadvalini to’ldiring. Bunda har bir talaba(magistrant) individual ishlashi kerak.Bu jadval mustaqil topshiriq sifatida berilishi ham mumkin.
№
|
Muallif
|
Asar nomi
|
Asar yaratilan sanasi
|
Asarda ilgari surilgan asosiy g’oyalar
|
1
|
K.Yaspers
|
“Tarixning ibtidosi va uning maqsadi”
|
1948
|
Tarixiy vaqt hisobini er. avv. III ming yillikdan boshlab, Yaspers zamonaviy insonni uning ma’naviy dunyosini yaxlitligida shakllangan davr-“Tayanch vaqt” ni ajratdi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4. Mavjud tarix fanlari piramidasini o’rganish uchun “aqliy hujum” usulidan ham foydalanish mumkin , bunda talaba ( magistrant) larga quyidagi jadval oldindan tayyorlangan holda taqdim etiladi va ularni uch guruhga bo’lingan holda to’ldiradilar.Dars oxirida berilgan javoblar nazorat qilinadi va kamchiliklar tuzatilib, talabalar rag’batlantiriladi.Bu dars davomida o’rtacha 5-7 minut ajratilgan holda bajarilishi mumkin,bu usulda ko’proq eslab qolishga alohida e’tibor beriladi, javoblar markerlar yordamida varaqqa (vatman)ga yoziladi, bunda uch xil rangdan foydalanish mumkin .O’qituvchi ayditoriyada faollikni o’z qo’lida saqlab turadi, tartib ta’minlangan holda har bir guruh navbatma-navbat o’zining (vatman) varag’ini to’ldiradi, shoshma-shosharlikka yo’l qo’yilmasligi uchun natijalar sir tutiladi. Javoblar o’qituvchi va guruhlar tomonidan hamkorlikda izohlanadi.
Tarixiy jarayon
nazariyasi
(tarix falsafasi)
)
SIVILIZATSIYALAR TUSHUNCHASI VA TUZILISHI
“Sivilizatsiya” atamasini bundan 200 yil oldin fransuz ma’rifatparvarlari erkinlik, adolat, huquqiy tuzum hukm surgan fuqarolik jamiyatini belgilash uchun kiritganlar. Oradan qisqa vaqt o’tmay bu tushunchaga turli talqinlar qilina boshlandi. Amerikalik antropolog L.Mordan va F. Engels sivilizatsiyani yovvoyilik va varvarlikdan keyin kirgan insoniyat jamiyatining taraqqiyoti sifatida belgiladilar. Bu bosqichda ijtimoiy tuzum tartibga solingani, sinflar, davlat, xususiy mulkni paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi. O.Shpengler esa bu atamani salbiy ma’noda ishlatib, madaniy-tarixiy bazani, so’nish bazasini tushundi.
A.Toynbi lokal sivilizatsiyalarni turli xil madaniy-tarixiy tuzumlar sifatida qarab, ularga evolyutsiya tipidagi dinamik tuzilma deb qaradi. Olim Y.B.Yakovets bu atamani diniy va lokal sivilizatsiyalar tushunchalarida asoslab beradi. Jahon sivilizatsiyasi-insoniyat tarixida ishlab chiqarishning texnologik va iqtisodiy usullari, siyosiy va ijtimoiy munosabatlarning qurilishi, ma’naviy qayta ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasi, insonning ko’nikma va manfaatlari, bilimlari, qobiliyatlari, ehtiyojlarining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadigan bosqichidir; Bu yerda mohiyat jihatidan yuqori, uzoq muddatli (ko’p asrli) tarixiy sikl to’g’risida so’z boradi. Jahon sivilizatsiyalarini almashinuvi insoniyatning o’zini rivojlanishi, tarixiy progressning olg’a harakatini ifodalaydi. Ba’zi tarixchilar “Jahon sivilizatsiyasi” tushunchasining o’zini huquqiyligini inkor qiladilar. Insoniyat jamiyati o’zi bir xil emas, umumplanetar yondashuv asosida uning tarixini tushunish mumkin emas, yagona jahon sivilizatsiya konsepsiyasi taraqqiyotining ko’p variantligini inkor qiladi… Uning bayrog’i ostida yana unifikatsiya qilingan taraqqiyot g’oyasi taklif qilinadi” deydi olima L.I.Smennikova.
Bunday yondashuvni O.Shpengler, qandaydir ma’noda A.Toynbi ham ilgari surdilar. Shu bilan birga umumjahon tarixi inkor qilinadi: u lokal sivilizatsiyalar taraqqiyotining yopiq jarayonlarini konglomeratiga aylanadi. Insoniyat taraqqiyotining yagona birlik sifatida umumtarixiy ritmlari doirasida ularning dinamikasini o’zaro ta’siri uloqtirib tashlanadi. Tarixni XX asr oxirida shunday tushunishni o’zi ajablanarli, qachonki bugungi kunda yer sharining barcha xalqlari tarixiy taqdirining umumiyligi yaqqol ko`rinadi.
Lokal sivilizatsiyalar umumiy taqdir bilan bog`langan umumtarixiy progressning ritmida sinadigan va aks etadigan, ba`zida uning epitsentrida, ba`zida undan uzoqlashadigan alohida mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, etnoslarning iqtisodiy-geografik, diniy, etnik, madaniy-tarixiy o`ziga xosliklarini ifodalaydi. Har bir lokal sivilizatsiya o`zining husnixati, jahon sivilizatsiyalari ritmi bilan u yoki bu darajada mos bo`lgan o`z ritmiga ega. A. Toynbi lokal sivilizatsiyalar to`g`risida o`zining (1934-1961 yillarda yozgan) “A study of History” (“Tarixni tushunish”-“Постыжение истории” rus tilida) asarida to`la tavsif beradi.
So’ngi ming yillikdagi insoniyat tuzilmasini tadqiq qilib, A. Toynbi hozir hayot bo’lgan sivilizatsiyani aniqladi:
G`arb xristianlari birlashgan, g`arb jamiyati;
Janubi-sharqiy Yevropa va Rossiyada joylashgan pravoslav-xristian yoki Vizantiya jamiyati;
Shimoliy Afrika va O’rta Sharqdan buyuk Xitoy devorigacha bo’lgan islom jamiyati;
Tropik va subkontinental Hindistonda-hinduizm jamiyati;
Janubi-Sharqiy Osiyoning subtropik va mo’tadil tomonlaridagi uzoq Sharq jamiyati;
Bu jamiyatlarning oldingi tarixini o’rganish Toynbining bu uchinchi avlod sivilizatsiyalari, ularning har biriga birinchi va ikkinchi avlod o’tgan deb xulosa chiqarishga asos bo’ladi. A.Toynbi tomonidan hammasi bo’lib dunyoning madaniy xaritasiga 37 ta sivilizatsiya kiritilib, ulardan 21 tasi sinchiklab tekshirildi va insoniyat tarixining 6 ming yili tasvirlandi. A. Toynbi o’z o’tmishdoshlari qisqa hayot kechirgan, hududiy cheklangan va kam sonli ibtidoiy jamiyatlarga nisbatan sivilizatsiyalar hayoti “davomiyroq, ular keng hududlarni egallaydi, sivilizatsiyalarni qamrab olgan odamlar soni qoidaga ko’ra ulkan. Ular boshqa jamiyatlarni assimilyatsiya qilish va bo’ysundirish yo’li bilan tarqalish an’anasiga ega” (50. c. 80) Sivilizatsiyalar asta-sekin rivojlanadi, o’zining hayotiy sikliga ega; ular statik formatsiyalarni emas, evolyutsion tipdagi dinamik tashkilotni o’zida aks ettiradi. (o’sha joyda 87-bet) Ularning har biri o’z taraqqiyotida fazalardan o’tadi, paydo bo’lish (genezis), o’sish, buzilish va yemirilish. Sivilizatsiyalar genezisini irqiy his-tuyg’u yoki atrof-muhitdan emas, balki chaqiriqqa javoban jamiyat giriftor bo’lgan tushkunlikka qarshi javobdan izlash zarur. Hududiy ekspansiyaning oqibati, ijtimoiy hayotning harbiylashuvi, to’rt yoki besh ming yilliklar davomida sivilizatsiyalar buzilishining eng umumiy va keng tarqalganligi sababi hududiy ekspansiyaning oqibati, ijtimoiy hayotning harbiylashuvi, militarizmdir. Militarizm lokal davlatlarni o’zaro urushlarga tortib, sivilizatsiyani yemiradi. Ijtimoiy yemirilish geografik ekspansiya uchun qulay shart-sharoit bo’ladi. “Tushkunlikni boshidan kechirayotgan jamiyat o’z hayotiy kuchlarini ulkan hajmdagi moddiy loyihalarga yo’naltirish bilan o’z o’limini kuni va soatini orqaga surishga harakat qiladi, bu olamda hukm qilingan o’z layoqatsizligi va o’lim taqdirini, o’layotgan ongini aldashga urinish demakdir.”
A.Toynbi sivilizatsiyalarning yemirilish mexanizmini batafsil ochib beradi. Bu o’tish davrining mazmunini ochib berish uchun muhim ahamiyatga ega. “Atrof- muhit ustidan hokimiyatni mustahkamlanib borishi bilan o’sish emas, buzilish va yemirilish jarayoni boshlanadi. Bu ichki urushlar eskalatsiyasida ko’rinadi. Urushlarni davom etishi buzilishga olib boradi, qaysiki kuchayib, yemirilishga o’tadi” deb belgilaydi u. Ijtimoiy darz ketishlar, yoriqlar kuchayadi, jamiyatning – vertikal aylanishi boshlanadi, jamiyat qator lokal davlatlarga parchalanadi, bu qonli o’zaro urushlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi”, va gorizontal, qachonki jamiyat guruhlarning uch tipiga ajraladi: o’z hukmronlik mavqeini yo’qotishni istamagan yetakchi ozchilik va uni qo’llab-quvvatlash uchun universal davlat yaratuvchi; butun dunyo cherkovi tug’diradigan ichki proletariat, u tashqi proletariat, o’layotgan sivilizatsiya bo’yicha zarba beradigan, tezkor harakat qiladigan harbiy qismlarga uyushadi. Bu uchala kuchlar o’rtasidagi kurashda sivilizatsiyani yemirilishi yuz beradi. Har qanday sivilizatsiyaning yemirilish ritmini turg’unlik orqasidan ko’rish mumkin, buzilish lahzasida turg’unlik boshlanadi, jonlanish keladi. Bu universal davlatga asos solinish lahzasi bilan mos keladi. Lekin bu jarayon o’z navbatida yangi turg’unlikni bildiradigan buzilish bilan tugaydi, qaysiki uni ortidan jonlanish boshlanmay so’ngi yemirilish keladi.”
Sivilizatsiyalarning yemirilishida chetki ta’sirlar ko’rinarli rol o’ynashi mumkin, Toynbi aytgan tashqi proletariat ko’p hollarda stagnatsiyadagi jamiyat chegaralarini portlatadi. Toynbi konsepsiyasining qimmati shundaki, u lokal sivilizatsiyalarni hayotiy sikllarini to’la qiyofasini, uning avlodlarini almashinuvining mexanizmlarini asoslab beradi. Lekin bu avlodlar almashinuvi, lokal sivilizatsiyalarining yemirilishi ko’pincha umuminsoniy tarixiy progressning simfoniyasini shakllantiradigan va lokal sivilizatsiyalarning hayotiy sikllari bosqichlarini moslashtiradigan jahon sivilizatsiyalarining ritmi oqibatidir. Supersikllar oralig’idagi chegaralarda yetuvchi katta tarixiy burilishda lokal sivilizatsiyalarning differensiatsiyasi jarayoni kuchayadi, ularning ba’zilari buzilish va yemirilish bosqichlarida turadi. Bu amerikalik professor S.Xantingtonga o’zining “Sivilizatsiyalar to’qnashuvi” kitobida (1997-yil chop etilgan) kelajakdagi urushlar sivilizatsiyalar urushi bo’ladi deb bashorat qilishiga asos bo’ldi. Jahon sivilizatsiyasi tushunchasiga qarindosh tamoyil ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya yaqin kunlargacha ilmiy asarlar va darsliklarda umum qabul qilgan va jamiyat taraqqiyotidagi katta, ob’ektiv shartlangan bosqichlarni tavsiflash uchun foydalanilar edi. Nima uchun bu odatdagi tamoyildan voz kechildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |