Tayanch iboralar: “Iqtisodiy sikllar”, fundamental, Yozef Shumpeter, siklik dinamika, Karl Yaspers, “Tarixning ibtidosi va uning maqsadi”, “Tayanch vaqt”, fransuz tarix maktabi “annallari”, Mark Blok va Lyusen Fevr, Fernan Brodel, moddiy sivilizatsiya, iqtisodiyot va kapitalizm. XV-XVIII asrlar, “Dunyo tarixi-bu kortej’’, I.M.Dyakonov “Tarix yo`llari: eng qadimgi odamdan bizni kunlarimizgacha”, “Tarixni nihoyasi”, Frensis Fukuyama.
Takrorlash uchun savollar
Tarix fanlari taraqqiyoti va shakllanishining asosiy bosqichlarini ayting?
Tarixiy sikllar tadqiqotiga qaysi olimlar salmoqli hissa qo’shdilar?
Tarix falsafasi rivojlanishiga Sharq olimlari, jumladan Al-Beruniy qanday hissa qo’shdi?
Tarix fanlarining tizimini taraqqiyoti uchun Tarix falsafasining ahamiyatini ochib bering?
Tarix fanlari piramidasini tavsiflang?
Mustaqil ish mavzulari
XX asrning 70-yillari boshlaridagi yalpi iqtisodiy va ekologik tushkunliklarni sabablari, oqibatlari.
A.Toynbining lokal sivilizatsiyalar nazariyasi.
E.N.Gumilyevning tarixiy etnografik asarlari.
Mavzuni o’rganish metodlari
“Tarixiy jarayon qonuniyatlarini o`rganish “mavzusini o'rganish uchun o’qitishning tadqiqot modelidan foydalanish samaralidir.
Ko’pchilik yetakchi pedagoglarning fikriga qaraganda ,tadqiqotlar talaba(magistrant)larga inson hatti-harakatiga nisbatan savollar qo’yishni o’rganishga va ularga javoblarni esa faktlarni jiddiy tahlil qilish yordamida topishga ko’maklashadi.
Tadqiqot usulida o’qitishda talabalar(magistrantlar)da savol qo’yish jarayonida va javob qidirishda qiziqish uyg’otishni nazarda tutadi. Jahon sivilizatsiyalari fanini o’qitish jarayonida bu usuldan foydalanish samara berishi mumkin.
Bu usul yordamida o’qitish tashkil qilinganda, tadqiqot usuli talabalar(magistrantlar) ni amaliy- ilmiy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta’minlaydi. Ta’limga bunday yondashishning maqsadlaridan biri, mustaqil fikrlaydigan va aniq bilim olish tizimiga ega bo’lgan insonlarni shakllantirish kerak. Bu usulni “Tarixiy jarayon qonuniyatlarini o`rganish” mavzusiga nisbatan qo’llaganda avvalo o’qituvchi muammoni to’g’ri qo’ya bilishi muhim, bunda mavzuning tub mohiyatini ifodalaydigan tushunchani topa olish va talabalar(magistrantlar)dan aynan nima so’ralishi mumkinligini aniqlay olish kerak. Shu metod bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar(magistrantlar) muammoni aniqlashga, uni tahlil qilish jarayonida hissiyotlarga berilmasliklariga, obyektiv bo’lishga o’rganadilar.Talaba faktlarni hurmat qilishga va har qanday bilim nisbiy ekanligini, yangi ma’lumot paydo bo’lishi bilan o’zgarishini mohiyatiga tushinib yetadilar.Bu metod talabalarni oliy darajadagi fikrlashiga imkoniyat yaratadi, talaba o’zi to’plagan ma’lumotlarni tahlil qila oladi.
Tadqiqot metodi bo’yicha o’qitish muammoni tuza bilishdan, uni qo’ya bilishdan va ifodalashdan boshlanadi.Bu mavzuni o’tish uchun oldindan talabalar(magistrantlar)ga kompyuterdan va kutubxonadan ma’lumotlarni izlash vazifasi beriladi.Bunda talaba(magistrant) tavsiya etilgan adabiyotlardan bir nechasi bilan tanish bo’lishi shart. Shundagina u bahsga kira olishi, faktlarni qiyoslagan holda yangilik yarata olishi mumkin. Eng muhimi, bunda talaba(magistrant) o’z fikrini asoslashi va muammoni yechish uchun kerak bo’lsa, o’zi ilgari surgan gipoteza bo’yicha tadqiqotini yana davom ettirishi mumkin. Bunda shu paytgacha olingan bilimlar tahlil qilinadi va qo’lga kiritilgan ma’lumotlarga qarab yangi muammoni qo’yish ham mumkin.
O’qitishning bunday usuli o’z oldiga ikkita maqsadni qo’yadi:
1.Ilmiy metodlarni qo’llashni o’rganish va mazmunini o’zlashtirishga yordam berish.
2. Axborot yig’a olishga o’rganish.
Tadqiqot modeli bo’yicha darsni quyidagicha olib borish mumkin:
a).Talabalar(magistrantlar)ga oldindan quyidagi adabiyotlarni o’qib kelish tavsiya etiladi:
K. Yaspers “Tarixning ibtidosi va uning maqsadi”
I.M.Dyakonov “Tarix yo`llari: eng qadimgi odamdan bizni kunlarimizgacha”
F. Fukuyama “Tarixning nihoyasi”.
Тойнби А. Дж. Постижение истории
b) darsda talabalar uchun quyidagi muammolardan birini qo’yish mumkin:
1. Tarixiy jarayon qonuniyatlarini o’rganishda qanday konsepsiyalar mavjud ? Ularga munosabatingiz?
2. Siz tarixiy jarayon qonuniyatlarini o’rganishda qaysi konsepsiyani ma’qullaysiz? (fikringizni manbalardan olingan ma’lumotlar asosida ilmiy asoslang)
Bu bu usul orqali talabalar(magistrantlar)ni mustaqil fikrlashga va ilmiy xulosalarni mantiqiy ifoda eta olishini shakllantiriladi.
Eng muhimi talaba(magistrant) mavzuga oldindan tayyorlanib kelishga o’rganadi, axborotlarni yig’ish, ularni guruhlashga o’rganadi.
Shu o’rinda talabalar(magistrantlar)ga quyidagi sxemani (1-sxema) to’ldirishni taklif etish maqsadga muvofiq, chunki talaba(magistrant)bu sxemani mustaqil to’ldirish bilan birga nazariyalarni bir-biridan farqlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |