Tayanch iboralar: Rossiya, Yaponiya, Amerika, temir davri, maykop madaniyati, hududiy jamoa, jamoalararo ayirboshlash, Karpat, Qora dengiz, urug’-qabila oqsoqollari, harbiy boshliqlar, koxinlar, Sibir, Oltoy, neolit, Yamato, qo’rg’onlar davri, “Tenno”-samoviy hukmdor, Titikaka, olmek madaniyati, “inklar sotsialistik imperiyasi”, Oliy inka, quyosh.
Takrorlash uchun savollar
1. Tarixgacha bo’lgan davrda aqlli odam genotipi shakllanishining asosiy belgilari qanday bo’lgan?
2. Nima uchun sun’iy qayta ishlab chiqarishga o’tish, dehqonchilik va chorvachilikni o’zlashtirish zaruriyati tug’ildi.
3. Neolit inqilobining tarixiy mazmuni va ahamiyati nimadan iborat?
4. Ijtimoiy mehnat taqsimoti shakllanishining asosiy bosqichlarini ayting?
5. Xususiy mulkchilik va bozorning paydo bo’lishi progress edimi?
6. Ilk sinfiy sivilizatsiyaning (jez asri) asosiy yutuqlarini sanab bering?
7. Antik sivilizatsiyalarning asosiy yutuqlarini ko’rsating?
8. O’rta Osiyoda neolit, jez va temir asrlarining o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
Mustaqil ish mavzulari
O’rta Osiyo hududida neolit, jez va temir asrlari.
Qadimgi Yapon sivilizatsiyasi
3.Amerikaning qadimgi sivilizatsiyalari.
Mavzuni o’rganish metodlari
Mazkur mavzuni o’rganish jarayonida talaba (magistrant) larning faolligini oshirish maqsadida “Aqliy hujum” usulidan foydalanish ham samarali natija bеradi.
Aqliy hujum guruhlararo ishlarda qo’llaniladigan, ko’plab fikr-g’oyalarni ishlab chiqish mumkin bo’lgan usuldir. Bu haqiqatan ham o’quvchilarning o’quv jarayonida faol ishtirok etishi, turli g’oyalarni bayon qilish chog’ida boshqalarni ham jalb qilishi, ishlashga imkon bеruvchi va rag’batlantiruvchi usuldir. Aqliy hujum faollashtirishning shunday muhim usuliki, unda yakka ishlash mumkin emas, birgina g’oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda o’ziga jalb qiladi.O’qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur.Aqliy hujum turli tarzda qo’llanishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun, yangi savol qo’yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish uchun.
Aqliy hujum usulini qo’llashda quyidagi shartlarga rioya etish kеrak:
1. Aytilayotgan barcha g’oyalar bir-biriga nisbatan muhimlikda tеngdir.
2. Kiritilayottan g’oyalarga nisbatan tanqidning mavjud emasligi.
3. G’oyani taqdim etayotgan paytda so’zlovchining gapini bo’lmaslik.
4. So’zlovchiga nisbatan baholovchi komponеnt mavjud emasligi.
Guruhning barcha ishtirokchilariga mavzu asosida savol bеriladi.
1.Sivilizatsiyalar tarixining boshlanishini nega neolit inqilobi bilan bog’lanadi?
2.Ilk sinfiy sivilizatsiyalarning iqtisodiy munosabatlarini o’ziga xos xususiyati nima bo’ldi?
3.Ilk sinfiy sivilizatsiyaning jahonshumul voqeasi nimadan iborat?
4.Jez davrining eng yirik epitsentrlarini sanang? Ularni bir-biriga qanday qiyoslash mumkin?
5.Progress epitsentrlari bo’yicha jez asrining sivilizatsiyalari dinamikasida qanday an’anaviy bosqichlarni ko’rsatish mumkin?Qadimgi Misr tarixida shu uch bosqichni qanday ajratish mumkin? Uni quyidagi slaydda aks ettiring
Antik sivilizatsiyaning qanday yutuqlari mavjud?
Antik sivilizatsiyaning o’choqlarini quyidagi davlatlar miqyosida qiyoslang
|
Hindiston
|
O’rta Osiyo
|
Xitoy
|
|
|
|
|
|
|
Rossiya, Yaponiya, Amerikaning qadimgi sivilizatsiyalarining o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
Uch lokal sivilizatsiyaning alohida xususiyatlarini ko’rsating
|
Rossiya
|
Yaponiya
|
Amerika
|
|
|
|
1. Mashg`ulot jarayonida tashabbusni o’qituvchi o’z qo’liga olib, auditoriyadagi barcha talaba (magistrant) larga savol bеradi va mavzuga daxldor fikrlarni aytishni so’raydi.
2. Xohlagan g’oyalarni aytishga ruxsat bеriladi, lеkin fikr bеrish jarayonida mavzudan chеtga chiqish mumkin emas.
Z. Bеrilgan fikrlar sharhlanmaydi, tanqid qilinmaydi, baholanmaydi.
3. O’qituvchi asosiy fikrlarni doskaga yozib boradi yoki ekranda ko’rsatadi.
4. Aqliy hujum tugagach, barcha g’oyalar to’planishi, guruhlarga ajratilishi yoki toifalarga bo’linishi mumkin.
Mavzuni o’rganish davomida qiyoslash usuli ham ijobiy natijalarni rivojlantirishi, talabalarning fikrlash va mustaqil tadqiqot olib borishlariga, xotirani mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin. Dars davomida quyidagi jadvallardan foydalanish mumkin:
Qadimgi sivilizatsiya tarixini davrlashtirish, ularning asosiy jihatlarini sharhlash
|
Neolit sivilizatsiyasi
|
Ilk sinfiy sivilizatsiya
|
Antik sivilizatsiya
|
Shuningdek bu mavzuni o’rganish jarayonida testlardan va “Xotira mashqi”usulidan foydalanish mumkin. Mashg`ulot davomida turli boshqotirmalardan foydalanilsa dars yanada faollroq va qiziqarli, jonli o’tishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |