O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi



Download 1,75 Mb.
bet8/98
Sana26.02.2022
Hajmi1,75 Mb.
#467592
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Tayanch iboralar: sivilizatsiya, sivilizatsiya piramidasi, mafkura, ishlab chiqarish usuli, iqtisodiy usul, ijtimoiy ong, tarixiy burilish, tarixiy jarayon, lokal sivilizatsiya, jahon sivilizatsiyasi, A.Toynbi, O.Shpengler, S.Xantington, N.Berdyayev, I.M.Dyakonov, ma’naviy dunyo, ma’naviy tushkunlik, diniy e’tiqod, axloqiy normalar, sof empirik, abstrakt, ijtimoiy qarama-qarshiliklar, davlat funksiyasi, texnologik sikl, faza, potensial, monogam oila, progress.


Takrorlash uchun savollar

  1. “Jahon sivilizatsiyasi” tushunchasini ochib bering va u “ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya” tushunchasidan nima bilan farq qilishini tushuntiring.

  2. Jahon va lokal sivilizatsiyalar dinamikasi o’rtasidagi o’zaro aloqalarini tavsiflang.

  3. “Sivilizatsiya piramidasi” tuzilishini tavsiflab bering.

  4. “Sivilizatsiya piramidasi” qavatlaridan qaysi biri jamiyat taraqqiyotida, jahon sivilizatsiyalarini almashuvida yetakchi o’rinni egallaydi?

  5. Sivilizatsiyalarni tarix falsafasi nuqtai-nazaridan taxlil qilgan taniqli olimlarning konsepsiyalarini izohlang?



Mustaqil ish mavzulari
1. Sivilizatsiyalar tushunchasi va unga olimlarning qarashlari.
2. Jahon sivilizatsiyalarining almashinuv konsepsiyasi .
3. M.Dyakonov va uning ilmiy qarashlari.
4. O`rta asr industrial sivilizatsiyalari.
5. XX asr sivilizatsiyasi.
Mavzuni o’rganish metodlari


2. Sivilizatsiyalar tushunchasi va tuzilishi
Bu mavzuni samarali o’rganish uchun talaba (magistrant)larga oldindan A. Toynbining lokal sivilizatsiyalar to`g`risida (1934-1961 yillarda yozgan) “A study of History” (“Tarixni tushunish”-“Постыжение истории” rus tilida) asarini o’qib, tahlil qilish topshiriladi.
Talaba (magistrant) larga mavzuni chuqur o’zlashtirish uchun ma’ruza yoki seminar mashg’ulotida sivilizatsiya tushunchasiga nisbatan qanday konsepsiya va tushunchalar mavjudligi haqida umumiy savol beriladi.
Bu savolni atroflicha o’rganish va guruhdagi barcha talaba (magistrantrant) larni mavzuga jalb etish, eng qizig’i mavzu haqida har bir talabaning shaxsiy fikrini bilish maqsadida interfaol usullarning yangi turini qo’llash mumkin.
Mashg’ulot davomida siz quyidagi ma’lumotni bilib oldingiz:
A. Toynbi so’ngi ming yillikdagi insoniyat sivilizatsiyasini tadqiq qilib, hozir hayot bo’lgan sivilizatsiyani aniqladi:
1.G`arb xristianlari birlashgan, g`arb jamiyati;
2.Janubi-sharqiy Yevropa va Rossiyada joylashgan pravoslav-xristian yoki Vizantiya jamiyati;
3.Shimoliy Afrika va O’rta Sharqdan buyuk Xitoy devorigacha bo’lgan islom jamiyati;
4.Tropik va subkontinental Hindistonda-hinduizm jamiyati;
5.Janubi-Sharqiy Osiyoning subtropik va mo’tadil tomonlaridagi uzoq Sharq jamiyati;
A. Toynbi tomonidan bu jamiyatlarning oldingi tarixini tahlil qilib, bu uchinchi avlod sivilizatsiyalari, ularning har biriga birinchi va ikkinchi avlod o’tgan deb xulosa chiqarishiga asos bo’ladi.
Aziz talabalar, siz bu asarda tahlil qilganlaringiz bo’yicha, endi har bir sivilizatsiyaning birinchi va ikkinchi avlodi bor deb hisoblasangiz, marhamat qo’lingizga berilgan qo’g’ozda shu haqidagi fikringizni asoslang. Bu jarayonda har bir jamiyat uchun umumiy universal davlatni ko’rsating.
Mavzuning shu jihatini yoritishda va talaba (magistrant) larni yanada faollashtirishga xizmat qiladigan usullardan biri “FSMU” tеxnologiyasi qo’llaniladi.
Ushbu tеxnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozara o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu tеxnologiya o’quvchilarning o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrlarini boshqalarga yеtkazishga, ochiq holda bahslashishga yordam beradi, hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini rivojlantiradi. Ushbu tеxnologiya talabalarda o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam bеradi.
O’tkazilish tartibi:
Har bir talaba(magistrant)larga FSMU tеxnologiyasining to’rtta bosqichi yozilgan tarqatma materiallar tarqatiladi.
F- fikringizni bayon eting
S- fikringizga sabab ko’rsating
M- ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi misol kеltiring
U- fikringizni umumlashtiring


------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------


-----------------------------------------------------------------------------------------------------


---------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------


-----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Buning uchun talaba(magistrant) lar bilan bahs mavzusi yoki muammo bеlgilab olinadi.
Kichik guruhlarga bo’lib, ularga FSMU tеxnologiyasining to’rtta bosqichi yozilgan katta formatdagi qog’ozlar tarqatiladi va ularga talaba (magistrant) larning alohida yozgan tarqatma materiallardagi fikr va dalillarini umumlashtirgan holda yozishlari taklif etiladi. Kichik guruhlar yozgan fikrlarini o’qib himoya qiladilar.
Seminar mashg’uloti yakunida o’qituvchi tomonidan mavzu bo’yicha fikrlar umumlashtiriladi.
Shuningdek dars mashg’uloti davomida talabalarga quyidagi matn nusxalari tarqatilishi mumkin:
A.Toynbi tomonidan hammasi bo’lib dunyoning madaniy xaritasiga 37 ta sivilizatsiya kiritilib, ulardan 21 tasi sinchiklab tekshirildi va insoniyat tarixining 6 ming yili tasvirlandi. A. Toynbi o’z o’tmishdoshlari qisqa hayot kechirgan, hududiy cheklangan va kam sonli ibtidoiy jamiyatlarga nisbatan sivilizatsiyalar hayoti “davomiyroq, ular keng hududlarni egallaydi, sivilizatsiyalarni qamrab olgan odamlar soni qoidaga ko’ra ulkan. Ular boshqa jamiyatlarni assimilyatsiya qilish va bo’ysundirish yo’li bilan tarqalish an’anasiga ega” Sivilizatsiyalar asta-sekin rivojlanadi, o’zining hayotiy sikliga ega; ular statik formatsiyalarni emas, evolyutsion tipdagi dinamik tashkilotni o’zida aks ettiradi. Ularning har biri o’z taraqqiyotida fazalardan o’tadi, paydo bo’lish (genezis), o’sish, buzilish va yemirilish. Sivilizatsiyalar genezisini irqiy his-tuyg’u yoki atrof-muhitdan emas, balki chaqiriqqa javoban jamiyat giriftor bo’lgan tushkunlikka qarshi javobdan izlash zarur. Hududiy ekspansiyaning oqibati, ijtimoiy hayotning harbiylashuvi, to’rt yoki besh ming yilliklar davomida sivilizatsiyalar buzilishining eng umumiy va keng tarqalganligi sababi hududiy ekspansiyaning oqibati, militarizmdir. Militarizm lokal davlatlarni o’zaro urushlarga tortib, sivilizatsiyani yemiradi. Ijtimoiy yemirilish geografik ekspansiya uchun qulay shart-sharoit bo’ladi. “Tushkunlikni boshidan kechirayotgan jamiyat o’z hayotiy kuchlarini ulkan hajmdagi moddiy loyihalarga yo’naltirish bilan o’z o’limini kuni va soatini orqaga surishga harakat qiladi, bu olamda hukm qilingan o’z layoqatsizligi va o’lim taqdirini, o’layotgan ongini aldashga urinish demakdir.”
Matn o’qib bo’linganidan so’ng talabalarga quyidagi jadvalni tarqatish mumkin: B-B-B chizmasi (Bilamiz, bilishni xohlaymiz, bildik)





Bilamiz





Bilishni xohlaymiz



Bildik










Mavzu bo’yicha talaba (magistrant) larga bilganlarini yozish taklif etiladi. Talaba (magistrant) daftariga “Bilamiz” - dеb tushunchasini yozadi. Bunga 5 minut vaqt bеriladi. Ushbu vazifa bajarilgach, guruh o’zaro bilganlarini bir-biriga aytib bеradi. Kеyin hammaning fikri o’qituvchi tomonidan umumlashtiriladi va muhokama qilinadi. So’ngra har bir guruhdan bir kishi belgilangan vaqt ichida guruh nomidan taqdimot o’tkazadi. Talaba(magistrant)larga dars jarayonining ma’lum bir belgilangan muddatida “Mavzu bo’yicha nimani bilmoqchisiz?” savoliga javob yozish topshiriladi. Ular “Bilmoqchiman”- dеgan jadvalning tegishli ustuniga o’z fikrlarini yozadilar. Har bir guruhdan bitta talaba(magistrant) guruhning fikrini umumlashtirib, so’zga chiqadi. Shundan so’ng o’qituvchi tomonidan nimalarni bilishlari kerakligi va lozimligi ta’kidlanib, talaba(magistrant)larning barcha savollariga javob beriladi. Bunda ko’proq atamalarni qo’llashga va unga izoh berishga o’qituvchi e’tibor berishi kerak. Masalan: evolyutsion , hududiy ekspansiya, militarizm, genezis, o’sish, buzilish , yemirilish va hokazo.
Dars jarayonida talaba(magistrant)larga yana qo'shimcha adabiyotlar ham taklif etilishi mumkin. Kеyingi bosqichda talaba(magistrant)lar yana mavzu bo’yicha matnga murojaat qiladilar.
Talabalar (magistrantlar) matn asosida o’zlashtirgan yangi tushunchalarini jadvalning “Bilib oldim”- ustuniga yozadilar. Shu tariqa zanjir davom ettiriladi. Bu jarayonda o’qituvchi va talaba(magistrant) faol ishtirok etishi kerak. O’qituvchi mavzuning yo’nalishini to’g’ri baholay olishi va undagi noto’g’ri fikrlarni o’z vaqtida tuzatib borishi zarur. Asosiy e’tibor jadvalning “Bilishni xohlaymiz”va “Bildik” bo’limlariga qaratilishi lozim.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish