Tayanch iboralar: sotsialistik iqtisod, moliya inqilobi, uklad, texnologik tuzilma, bozorning tantanasi, merkantilizm, bozorning boshqarish mexanizmi, byudjet, moliyaviy tushkunlik, byudjet taqchilligi, narx, samarasiz korxona.
Takrorlash uchun savollar
1.Feodal–industrial sivilizatsiyalar iqtisodiyoti tuzilmasi dinamikasining asosiy ananalari qanday edi?
2. O’rta asrlar, industriya arafasi va industrial jamiyatlarda iqtisodiy ukladlarni nisbati o’zgarishini tavsiflang?
3. So’ngi bir yarim ming yillda bozorni rivojlanishining asosiy bosqichlarini ayting?
4. O’rta asr, industriya arafasi va industrial jamiyatlarda bozorni boshqarish va o’z-o’zini boshqarish qanday amalga oshdi?
Mustaqil ish mavzulari
1. Feodal – kapitalistik jamiyatlar iqtisodiy tuzilmasi dinamikasini tasniflang.
2. Iqtisodiy ukladlar tushunchasi va ularni o’zgarishi.
3. Bozor munosabatlari genezisi.
4. Meynard Keynsning nazariyasi.
5. Bozorni davlat boshqaruvi mexanizmi tushunchasi.
Mavzuni o’rganish metodlari
Talaba (magistrant)lar bu mavzuni o’rganish jarayonida yuqori samaradorlikka erishish uchun o’qitishning loyihalash metodidan foydalanish mumkin. Bu usul bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni nazarda tutib turuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Ular loyiha usulida rejalashtirishda, tashkil qilishda, tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko’proq ishtirok etadilar. Dars jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin:
1.Dars mashg`ulotining mavzusini e’lon qilish. Bunda o’qituvchi ishtirok etadi.
2. Darsning rejasi, mavzu asosida ishlanishi lozim bo’lagan nazariy tushunchalar o’qituvchi tomonidan doskaga yoziladi. Bahs uchun savollar ishlab chiqiladi.
3. Talaba(magistrant)lar o’z fikrlarini bayon etib va kerakli tushunchalarni yozib boradilar
4. Talaba(magistrant)lar o’z faoliyatlarini nazorat qiladilar va umumlashtiradilar.
5. Dars yakunida o’qituvchi ishtirok etib firklarni umumlashtirishi tahlil qilishi, yo’l qo’yiligan kamchiliklarni tuztishi mumkin.
6. Baholash va faol o’quvchilarni taqdirlashni talaba(magistrant)larning o’zi amalga oshirishi mumkin.
Dars davomida talaba(magistrant)larga mavzuning yanada nazariy jihatlarini atroflicha muhokama qilish, shuningdek iqtisodiy bilimlarini dars mashg’uloti bilan bog’lash maqsadida quyidagi jadvalni erkin va ilmiy tasavvurga asoslangan holda to’ldirish taklif etiladi, bu jarayonda sabablar va natijalar aloqadorligi o’rganiladi.
“Nima uchun?” metodi
Yakka tartibda (juftlikda) muammo shakllantiriladi;
“Nima uchun?” so’rog’I bilan strelka chiziladi va ushbu savolga javob yoziladi. Ushbu jarayon muammoni keltirib chiqargan ildiz yashiringan sababi o’rnatilmaguncha davom ettiriladi;
Strelka sizning qidiruv yo’nalishingizni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |