O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


TEXNIK PROGRESS SURATLARINING JADALLASHUVI



Download 1,75 Mb.
bet54/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

TEXNIK PROGRESS SURATLARINING JADALLASHUVI

Har bir navbatdagi sivilizatsiya – insonni uning yangi bilimlari va ko’nikmalari, texnik vosita va texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari bilan qo’llanilgan ishlab chiqarish texnologik usulida bir qadam olg’a tashlashdir, lekin texnik progress bir tekisda rivojlanmaydi. Antik sivilizatsiyaning eski episentrlarida ikkinchi tarixiy sepersiklga o’tish aynan regressdsan boshlandi.


Feodalizm davri texnika inqiloblari. So’nggi uch sivilizatsiyalar tarixida o’tish davrini tugallanishidan so’ng bir necha texnoligik to’ntarishlar yuz berdi. Ular yangi texnologiyalar, texnika vositalari va inson faoliyatining asosiy sohalarida ularni amalga oshirishning tashkiliy shakllarini tavsiflanadi.
Ilk feodal jamiyatining texnika inqilobi Yevropada XI-XII asrlarda boshlandi, dehqonchilik va harbiy texnikada to’ntarish yuz berdi. Bu vaqtda yerni motigada ishlov berishdan takomillashtirilgan plugni qo’llash asosida haydab ekiladigan dehqonchilikka o’tildi. Bu davrda uch dalali almashlab ekish keng tarqaldi. Organik o’g’itlarni qo’llash bilan birga yerni hosildorligini saqlab qolishga, barqaror hosil olishga imkoniyat yaratildi. Uch dalali almashlab ekish yakka mayda dehqon xo’jaligini progressiga olib keldi va dehqonchilikda mehnat unumdorligini oshirdi, shu bilan birga bir gektar yerga uch barobar kam mehnat sarf qilib ikki barobar ko’p hosil olish mumkin edi.
Texnik progress yana bir soha – harbiy ishda yuz berdi. To’xtovsiz feodal urushlari himoya qilish va hujum qirollarini kashf qilishga olib keldi. Og’ir o’qlarning kuchli va uzoqligini bir necha bor oshirgan arbaletlar paydo bo’ldi. Ritsarlarning mustahkam qilichlari, jangavor bolta, xanjar va gurzilar qo’llanilar edi. Xitoyda poroxni kashf etilishi natijasida o’q otadigan qurollar arkebuz, to’plar vujudga keldi. Qal’alarni qamal qilish uchun ballist, katapult, “yunon olovi”ni qo’lladi. Porox qal’a devorlarini buzish uchun qo’llanildi. Bu esa o’z navbatida yanada qalinroq va mustahkamroq qal’a- qasrlarni qurishga olib keldi.
Dehqonchilik, harbiy, qurilish va maishiy texnikaga talabning o’sib borishi mehnat qurollarini ishlab chiqarishda, metallurgiya va tog’- konchilik ishida to’ntarishga olib keldi. Mis, temir rudasi, toshko’mirni qazib chiqarish shaxta usulida olib borilar edi. (ba’zida shaxtaning chuqurligi 500 metrgacha yetar edi) Cho’yan, po’lat, misni quyish, turli qotishmalar olish metodi yaxshilandi. Savdo va uzoq joylarga harbiy yurishlar arava, aslzodalar uchun karetalar, tosh yo’llar, daryo ko’priklarini qurishni jadallshtirdi. Ko’p palubali to’plar bilan jihozlangan yelkanli kemalar qurildi. Kompasni ishlatilishi uzoq dengiz, okean sayohatlarini yanada ishonchli qildi.
Bu davrning energetik inqilobining asosi suv va shamol tegirmonlarining ommaviy qo’llanilishi bo’ldi, ularning konstruktsiyasi muntazam takomillashdi. Ulardan ishlab chiqarishlarda energiya manbai sifatida foydalanildi. Yevropa, asosan uning shimoliy qismi shamol tegirmonlari bilan qoplangan edi. Bu davr texnik progressining cho’qqisi mexanik soatlar edi. Ta’lim va madaniyat sohasi uchun texnika to’ntarishi dastlab lattadan keyin yog’ochdan qog’oz tayyorlash boshlanib, 1434 yilda nemis olimi I.Guttenberg tomonidan kitob bosishni ixtiro qilish bo’ldi.
F.Brodel XI-XIII asrlarni Yevropadagi birinchi sanoat inqilobi deb belgilaydi. Dehqonchilik inqilobi (uch dalali almashlab ekish, yelka xomuti bilan o’tni qo’llash); energetik inqilob; demografik yuksalish bilan bog’langan shahar inqilobi.
Oilaviy hunarmandchilik ustaxonalarini birlashtirgan sexlarning keng tarqalishi hunarlarni progressiga yordam berdi. Sexlar hunarmandchilik mehnat qurollarini ixtisoslashuviga, texnologiyalarni va tayyorlanadigan qurollarni standartlashtirishga, kooperatsiyalashga yordam berdi. Lekin qattiq reglamentatsiya va texnologik konservativlik XV asrga kelib u texnik progressga g’ov bo’lib qoldi va paydo bo’lgan manufakturalarga birinchilikda yon berdi. Manufakturalar ishlab-chiqarishda mehnat taqsimotidan foydalanishni afzal ko’rdi.
Ishlab-chiqarishning navbatdagi texnologik usulini shakllantirgan manuifaktura davri umumtexnik inqilobi cho’qqisi XVI asrga to’g’ri keladi. Buyuk geografik kashfiyotlar, xalqaro savdoning rivojlanishi kemasozlikni jadal yuksalishiga turtki berdi. Bu aralash sohalarda inqilobiy o’zgarishlarga olib keldi. Domna jarayonini o’zlashtirilishi va toshko’mirni qo’llanilishi yanada arzon metallni mo’l-ko’l bo’lishini ta’minladi. Dengiz orti mustamlakalaridan xomashyoning yangi manbalarini oqib kelishi va uni qayta ishlashda samarali texnologik usullarni qo’llanilishi, bozorlarni kengayishi bilan aholini soni va daromadini o’sishi, jun, paxta-ip, shisha va chinni manufakturalarini tez rivojlanishiga olib keldi.
Bu davrda kitob bosish jadal rivojlandi, 1500 yilda olimlarga 40 000 nashr ma’lum edi. Kitob texnik progressning tezlashuvi yangi ilmiy bilimlarni amalda qo’llashning qurollaridan biri bo’ldi.
O’q otuvchi qurolni manufaktura ishlab-chiqarishi yangi texnik ba’zada qurildi (artilleriya, pistolet). Yanada kuchli artilleriya bilan jihozlangan harbiy dengiz floti yuzaga keldi.
Feodal davrining ikkinchi texnologik inqilobi vaqtida ishlab-chiqarishni tashkil qilishning asosiy shakli ishlab-chiqarishning ixtisoslashgan qurollari va mehnat taqsimotiga asoslangan manufaktura bo’ldi. U Yevropada XVI asr o’rtalaridan XVIII asr oxirigacha yetakchi bo’ldi. Mehnat unumdorligining o’sishi ommaviy ishlab chiqarishning asosi bo’ldi. Kapitalizmning ilk shakllanishi shakli qator ilmiy g’oyalar va takomillashuvlarni qo’llash uchun kenglik bo’ldi.
Sanoatning yuksalishi manufaktura ishlab-chiqarish markazlariga aylangan shaharlarning o’sishiga olib keldi. Aholi asosiy qismining turnush sharoiti yaxshilandi.
G’alla, baliq, go’sht, vino, pivo, shakarni iste’mol qilish o’sdi. Aholi soni ko’paydi. XVI-XVII asrning birinchi yarmidagi o’zgarishlar jarayonining moddiy bazasi aholini o’sishi, yangi texnik tajriba va injener tafakkurining rivojlanishi, suvning energetik kuchidan foydalanishni kuchayishi, mehnat intensifikatsiyasi, kommunikatsiya vositalarining takomillashuvi, mehnat taqsimoti va mahsulot ishlab-chiqarishning, savdo kapitali va tadbirkorlikning o’sishi, kapitalistik manufakturaning tug’ilishi jadallashdi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish