O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


JAMIYATNING IJTIMOIY – SIYOSIY TUZILMASINI SHAKLLANTIRILISHI



Download 1,75 Mb.
bet40/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

JAMIYATNING IJTIMOIY – SIYOSIY TUZILMASINI SHAKLLANTIRILISHI

Jamiyat piramidasining to’rtinchi qavati ijtimoiy – siyosiy va davlat huquqiy munosabatlari sohasini ifodalaydi.




Ijtimoiy tabaqalanishni chuqurlashuvi. Shakllanayotgan jamiyat insonning shakllanishi va rivojlanishining uzoq yo’li izini qoldirgan biosotsial tabaqalanishni modellashtirib, meros qilib oladi. Mezolit davridayoq yetakchi bo’lgan biosotsial farqlar barcha sivilizatsiyalarda saqlanib qoldi. Ularga quyidagilarni ko’rsatish mumkin. Jins bo’yicha farqlar, erkaklar va ayollar avlodini saqlanishi va uni qayta ishlab-chiqarishning asosi. Insoniyat tabiiy tarixi arafasining birinchi bosqichlarida guruhiy nikohning so’ngida, jamoada yetakchilik ayollarga tegishli edi (matriarxat). Mezolit davridan boshlab o’q-yoyning paydo bo’lishi, neolit davrida dehqonchilik va chorvachilikka o’tilishi, xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi bilan oila va jamiyatda birinchilik ko’p ming yillar erkaklar qo’liga o’tdi. Ayollar va erkaklar soni o’rtasidagi zaruriy proportsiya, taxminiy tenglik tabiiy qonunlar bilan kafolatlanadi.
Yosh farqlari bo’yicha aholi chaqaloq va bolalar, o’smir yoshli, katta va keksalar – yosh guruhlariga bo’linadilar. Jamiyatning har bir a’zosi agar uning hayot yo’lini biron–bir sabab uzib qo’ymasa bu fazalar orqali o’tadi. Birinchi va so’ngi fazadagilar jamiyatni boshqa mehnatga qobiliyatli a’zolari qo’llab-quvvatlashini talab qiladi. Har bir yosh guruhi fiziologik, psixologik va boshqa o’zida xos xususiyatlari, qiziqishlariga egadir. Davriy ravishda insoniyat avlodlarini almashuvi yuz beradi. Avlodlarga xos xususiyatlar ushbu avlodning manfaatlarini faol ifodalovchilari bilan belgilanadi. Ular odatda ozroq bo’lib, lekin aynan ular progressni harakatlantiruvchi, novatorlar bo’ladilar. O’tmishga ketayotgan lekin o’z mavqeini saqlab qolishga urinadigan avlod vakillarining qoloq qarashlarini (konservatizm) yoshlar yengishga harakat qiladilar. Avlodlar kurashi progressning hayotbaxsh dvigatelidir.
Mezolit davrida odam hayotining o’rtacha davomiyligi uncha katta emas edi. Avlodlar almashinuvi (15-20 yilda bir marta) tez-tez yuz berib, aralash avlodlar orasidagi farq sezilarli emas edi. Lekin har bir keyingi tarixiy bosqichda hayotning o’rtacha davomiyligi, avlodlar o’rtasidagi oraliq o’sdi.
Tabiiy geografik shart-sharoitlar bilan shartlangan irqiy va boshqa antropologik farqlar muntazam migratsiya va aralash nikohlar oqibatida turli etnoslar sezilarli aralashib ketdilar.
Biosotsiallikka til farqlarini kiritish mumkin. Uning kelib chiqishi paleolit davriga kelib taqaladi. Bu vaqtda ular yetarli darajada ifodalangan edi. Bu bizgacha yetib kelgan yozuvning qadimgi yodgorliklarida belgilangan. Qachonlardir yagona, ilk til mavjud bo’lgan, ular keyinchalik ajratib ketganmi, yoki turli hududlarda – insoniyat madaniyat o’choqlarida turli xil tillar paydo bo’lganmi, qaysiki keyin etnik aloqalar jarayonida o’zaro boyidimi bu tilshunoslarning turli maktablari o’rtasida munozara mavzusi bo’lib qolmoqda. Ammo tillar va shevalar etnos va etnik guruhlarni shakllanishiga yordam beradi. Har bir etnik guruh o’z tarixiga ega, ularning ba’zi birlari o’z tillari bilan o’tmishda qolgan lokal sivilizatsiyalar bilan birga halok bo’ldilar (Misol uchun qadimgi Misr, Shumer, Xett tillari).
Ijtimoiy farqlarning boshqa guruhi iqtisodiy sabablar bilan bog’liq. Mezolit va ilk neolitda bunday farqlar mavjud emas edi. U tarixiy xususiyatga ega bo’lib, asta-sekin paydo bo’lgan va mustahkamlangan mulkiy tengsizlik, mehnat taqsimoti bilan bog’langan edi. Jamoa oqsoqollari, kohinlar, harbiy boshliqlar, urug’ qabila boshliqlari o’zlari va o’z oilalari uchun eng yaxshi yerlar, chorva, harbiy o’ljalar o’zlashtirib oldilar. Urug’- qabilani oqsuyaklari ana shunday paydo bo’ldi, qaysiki, ular jamoalarga tegishli mulkni katta qismini xususiy mulkka aylantirishning tashabbuskorlari bo’ldilar. Boshqa tomonda oddiy jamoachilarni mulki jamoa mulki edi. Lekin yaqin kelajakda ekin yerlari, chorva, mehnat qurollariga mayda mulkchilik shakllanishi ko’rinayotgan edi. Bu mulkning egasi oila boshlig’i hisoblanib, amalda esa, patriarxal oilaga tegishli edi. Bu guruhlar asosida jez asrida sinflar paydo bo’ldi.
Iqtisodiy xilma-xillikni boshqa ko’rinishi mehnatni jadallashtirayotgan iqtisodiy taqsimot bilan bog’liq edi. Alohida qabilalar, jamoalar, oilalar, urug’lar dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, qurilishning u yoki bu turiga ixtisoslashgan edi. Mahsulot ayirboshlashni rivojlanishi va shaharlar xo’jaligining o’sishi bilan ixtisoslashuv kuchaydi. U yoki bu mashg’ulotlar bilan oilalar tizimli shug’ullanib, kasb–hunar mahorati sirlarini avloddan-avlodga uzatdilar. Savdogarlar amaldorlar, sudyalar, mirzalar, kohinlar guruhlari paydo bo’ldi. Mulkiy va kasbiy farqlar ko’pincha mavjud yopiq bo’lgan toifalar, kastalarga biriktirildi (masalan, Hindiston).
Ijtimoiy tabaqalashuv ayniqsa, jez va temir asrlarida, jamiyatda etno-madaniy farqlarni kuchayishida ifodalandi. Davriy ravishda etnik guruhlarning yangilari paydo bo’lib, urushlar natijasida eskilari yo’q qilindi. Ularning har biri o’z tili diniy e’tiqodi, urf – odatlari, mayitlarni ko’mish marosimlari kabi madaniy an’analariga ega edi. Yozuvning paydo bo’lishi bilan esa savodxonlik darajasi, bilimlarni uzatish tizimi (ta’lim)ga ega bo’ldi.
Urushlar jez asrida jamiyat hayotining bir qismiga aylandi. Urushlar ijtimoiy taraqqiyotning borishi bilan shartlangan bo’lib, ma’lum bir funksiyalarni bajardi. Turli sohalarda inson faoliyatini jadallashtirib aholi sonini tartibga soldi. Shavqatsiz qonli urushlar shaharlar sivilizatsiyalarini halok bo’lishiga sabab bo’ldi. Millionlab kishilar urushlarda qurbon bo’ldilar, ishlab chiqarish kuchlari boy madaniyatlar yo’q qilindi. Insoniyat jamiyati o’tmish va hozirgi kungacha bu ofatdan butkul holi bo’lish yo’lini topa olgani yo’q.
Qaysiki tillar etnik aloqalar jarayonida o’zaro boyigan. Bu tilshunoslikning turli maktablarida bahs mavzusi bo’lib qolmoqda. Lekin tillar va shevalar etnos va etnik guruhlarni shakllanishiga yordam beradi va o’z tarixiga ega. Tillarning ayrimlari o’tmishda yo’qolib ketadi, lokal sivilizatsiyalar bilan birga halok bo’ladi. Xalqlar va elatlarning tillaridagi boshqa farqlar ijtimoiy ayrimlik guruhi, iqtisodiy sabablar bilan bo’g’liq edi. Mezolit va ilk paleolitda bunday farqlar mavjud emas edi. Ular tarixiy xususiyatga ega bo’lib, asta sekin yuzaga kelgan mulkiy tengsizlik mehnat taqsimoti bilan shartlangan.
Jamoalar urug’i – qabilalar oqsoqollari, kohinlar, harbiy yo’lboshchilar asta – sekin unumdor yerlar, chorva, harbiy o’ljalarni kattagina qismini o’zlashtirib oldilar. Urug’ qabilalarning yuqori tabaqasi ana shunday shakllandi. Bu tabaqa umumiy mulkning kattagina qismini xususiy mulkka aylantirishning tashabbuskori bo’ldi. Jamoaning boshqa oddiy a’zolari bir qism yer ulushi, chorva va mehnat qurollariga egalik qilib, mayda xususiy mulkchilikning paydo bo’lishiga sabab bo’ldilar. Bu mulkning egasi oila boshlig’i hisoblanar edi, amalda esa u patriarxal oilaga tegishli bo’lib, meros sifatida berilar edi. Bu guruhlar asosida jez asrida sinflar paydo bo’ldi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish