O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Sanoatning eng muhim sohalarida Angliya, Fransiya, Gollandiyaga yorib o’tishlar so’nggi davrida feodeal davr texnik inqiloblarning asosiy natijalari qanday bo’ldi?



Download 1,75 Mb.
bet55/98
Sana24.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#699985
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   98
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Sanoatning eng muhim sohalarida Angliya, Fransiya, Gollandiyaga yorib o’tishlar so’nggi davrida feodeal davr texnik inqiloblarning asosiy natijalari qanday bo’ldi?
Birinchidan, dehqonchilikda, harbiy ishda tub burilishlar boshlanib, ular keyin hunarmadchilikning texnik bazasini, (eng avvalo po’lat) yangi materiallarni va ixtisoslashgan mehnat qurolarini keng yig’indisini o’zlashtirish asosida tubdan o’zgartirdi.
Ikkinchidan, suv va shamol tegirmonlaridan samarali foydalanish, toshko’mirga o’tish tez o’sayotgan ishlab-chiqarish uchun mustahkam energetika bazasini yaratdi.
Uchunchidan, kemasozlikning rivojlanishi, buyuk geografik kashfiyotlar, xalqaro ayirboshlashning faollashuvi, texnik yangiliklarni tarqalishining hududiy chegaralarini kengaytirdi. Dunyoni aholi joylashgan asosiy hududlarining texnologik rivojlanish darajasini yaqinlashtirishga yordam berdi.
To’rtinchidan, industriya arafasi texnik inqiloblari ikkinchi ilmiy inqilobni tarqalish vaqtiga to’g’ri keldi. Bu fan va texnikani yaqinlashuviga, qator ilmiy g’oyalarni amalga oshirishga, ilmiy bilishning yangi samarali vositalarini yaratishga olib keldi.
Beshinchidan, ishlab-chiqarishning tashkil qilish shakllari, oila, dehqonchilik xo’jaliklari, sex tuzumi va mehnat qurollarini ixtisoslashuvi, manufaktura asosida rivojlandi. Bu fabrikalar mashinalashgan ishlab-chiqarishning paydo bo’lishi uchun shart-sharoit yaratdi.


Industrial jamiyatning sanoat inqilobi va texnologik to’ntarishlari
Industrial sivilizatsiya o’ziga mos ishlab chiqarish texnologik usuli bilan XVIII asrning 60-yillari Angliyada boshlangan sanoat inqilobidan o’z hisobini olib boradi. Dastlab texnik to’ntarish yigiruv mashinasi, mexanik to’quv dastgohini kashf etilishi bilan boshlandi. Bu mehnat unumdorligini keskin o’sishiga, ip va gazlamaning qiymatini pasayishiga imkoniyat yaratdi. Angliyada 1788 yildan 1850 yilgacha gazlama ishlab chiqarish 50,6 marta oshdi, bahosi esa 5,5 marta pasaydi. Gazlama ingliz eksportining yarmini tashkil qildi. Hunarmadchilik buyumlari industrial ishlab chiqarish bilan raqobat qila olmas edi.
To’qimachilik mashinalarining keng qo’llanilishi nisbatan arzon energiya manbai, mashina-dvigatelni tashkil qildi. 1784 yilda mexanik Jeyms Uatt bug’ mashinasini ixtiro qildi. Bu ixtiro Angliyaning yetakchi sanoat sohasi paxtani qayta ishlashda tez va keng qo’llanildi.
Mashinalarni yaratilishi, koksni qo’llash asosida cho’yan va po’latni ishlab chiqarishning yangi metodlarini o’zlashtirish uchun kengliklar yaratadi.
Toshko’mir ishlab chiqarish kengaydi, parovoz va paroxodni paydo bo’lishi bilan temir yo’l transporti va kemachilik rivojlandi.
Angliyada sanoat inqilobining ikkinchi bosqichiga asos qo’yildi, eski manufaktura bazasida ishlab chiqilgan mashinalarni o’zi mashinalar yordamida ishlab chiqildi. Mashinasozlik yuzaga kelib tez rivojlana boshladi, shu bilan industrial texnologiya o’z asosiga ega bo’ldi. Bu industrial texnologiya tuzilmasini bir xil qildi va uni jadal o’sishiga olib keldi. Tabiiy bo’yoqlarning taqchilligi sun’iylarini yaratish talabini tug’dirdi va kimyoning rivojlanishiga turtki berdi. Angliyada manufaktura o’rniga kelgan mashinalashgan fabrika paydo bo’ldi. Mashinalashgan ishlab-chiqarishni yangi texnologiyasi qishloq xo’jaligiga tarqaldi. Angliyada paydo bo’lgan mexanizatsiyalashgan qishloq xo’jaligi yangi ochilgan Amerika yerlariga, Yevropaning aholisi zich joylashgan hududlariga tarqaldi.
Shunday tarzda Angliya texnik inqilobning markaziga aylandi. U iqtisodiyotning barcha sohalarida texnologik bazani o’zgartirdi va jadal Shimoliy Amerika va G’arbiy Yevropaga tarqaldi.
Bu Osiyo, Afrika, lotin Amerikasining ko’pchilik mamlakatlari bilan Yevropaning yetakchi davlatlari iqtisodiyotining texnologik darajasidagi farqlarni yanada kuchaytirdi. Osiyo, Afrika, lotin Amerikasining iqtisodiyotida rivojlangan mamlakatlarning mustamlakachilik davrida qotib qolgan ishlab-chiqarishning ilmiy industriyagacha bo’lgan texnologik usullari ustivor edi.
Industrial davrning keyingi texnologik to’ntarishi XIX asr o’rtalarida yuz berdi va u sanoat inqilobining mantiqiy inqilobi edi. Uning yadrosi og’ir mashinasozlik edi va bu davrda parovozlar ishlab chiqarish, temir yo’llar, kema yuradigan kanallar, paroxodlar keng ko’lamda qurildi.
Elektromagnitizm, telegraf, dinamo-mashina, gaz dvigateli kashf qilindi, kimyo sanoati shiddat bilan rivojlandi.
Lekin XVIII asr so’ngiga xos bo’lgan inqilobiy yangiliklar bu davrda bo’lmadi, balki mavjud yangiliklarni o’zgartirish bosqichi edi, xolos. Bu manufaktura metodlarini uzluksiz takomillashtirish davri bo’lib, yanada keng hajmlarda qo’llanildi.
Angliya sanoat inqilobi natijasida erishgan yutuqlaridan o’zining raqiblariga qarshi turishda foydalandi. U XIX asrning 80-yillarigacha jahon ustaxonasi mavqeini saqlab qoldi.
XIX asrning oxiri XX asr boshlaridagi texnik inqilob hajmi va chuqurligi bilan yanada yirik edi. Uning markazida energetika, bug’dan toshko’mirga, elektrga va suyuq yoqilg’iga o’tish bo’ldi. Elektr-energiyasini ommaviy ishlab-chiqarish va uzoq masofalarga uzatish, undan mashinani harakatga keltirish va yoritishda foydalanish, aloqa elektrotexnika shiddatli rivojlanishi sababli ba’zida elektrotexnika asri deb atashadi. Neftni o’zlashtirish, undan ichki yonuv dvigatellarida yoqilg’i sifatida foydalanish yuklarni tashishni ancha arzonlashtirdi. Yangi transport turlari, avtomobil, samolyotni yuzaga keltirdi. Ishlab-chiqarish jarayonlarining elektrlashtirish, energiyani bo’lish va tarqatishning yangi imkoniyatlarini ochdi. Mehnat sharoitining yaxshilanishi chekka hududlarni o’zlarshtirishga olib keldi.
Avtomobil va samolyot transporti keskin yangi bosqichlarga ko’tarildi, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sohalarini o’rganishiga turtki berdi. Yanada arzon po’latni ishlab-chiqishni ko’paytirish ehtiyojini, turli sifatli metallarni, rangli metallurgiyani rivojlantirishni talab qildi.
Bu o’z navbatida tog’-kon sanoatining rivojlanishiga olib keldi. Kimyo sanoatining progressi, bo’yoqlar, katalizatorlar, dorilar, mineral o’g’itlarni ommaviy ishlab chiqarishga imkon berdi. Mineral o’g’itlarni, mukammal qishloq xo’jalik mashinalari va agrotexnik usullar bilan qo’llanilishi qishloq xo’jaligida texnologik to’ntarishlarning asosi bo’ldi. Bu jarayon qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligining o’sishiga, ekinlarning hosildorligini, chorva mahsuldorligini ortishiga, agrar sektorda anchagina ishchi kuchini ozod bo’lishiga va undan shiddatli rivojlanayotgan sanoatga yo’naltirishga olib keldi.
Fan va texnika yutuqlari navbatdagi harbiy texnika inqilobining asosi bo’ldi. Harbiy aviatsiya, tanklarni paydo bo’lishi, kuchli harbiy dengiz flotining tashkil topishi, portlovchi moddalarning yangi turlari, zaharli gazlar, radioaloqa vositalaridan foydalanish – bularning barchasi qurollanish darajasini oshirdi. Natijada I va II jahon urushlarini moddiy texnika bazasi yaratildi, qaysiki bu urushlarda o’n millionlab kishilar halok bo’ldilar. Dunyoning ko’pgina xalqlari iqtisodiyoti va madaniyatiga ulkan zarar yetkazildi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish