98-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish
Jabrlanuvchi tomonidan qilingan g‘ayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqorat, shuningdek uning boshqa
g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish
—
Oldingi tahrirga qarang.
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(98-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam
o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 5 va 24-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi
qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi qarorining 8-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandining birinchi xatboshisi.
99-modda. Onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi
Onaning o‘z chaqalog‘ini tug‘ish vaqtida yoki tug‘ilishi hamon qasddan o‘ldirishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(99-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
100-modda. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(100-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 37-moddasining ikkinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-
sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi
haqida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam
o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 24-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |