255-modda. Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish
Yadro energiyasi bilan bog‘liq obyektlardan foydalanish qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki
og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha
axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(255-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi
Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
255 -modda. Bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab chiqish,
ishlab chiqarish, to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan
boshqa harakatlarni sodir etish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik (biologik),
kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash, olish, birovga
o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(255 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son
Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
(Kodeks O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga asosan 255 -modda bilan
to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog‘larni ishlab chiqarish,
tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya” (Mazkur Konvensiya
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 185-I-sonli “Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-
yarog‘larni ishlab chiqarish, tayyorlash va to‘plashni man etish hamda ularni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiyaga
qo‘shilish haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan).
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |