248 -modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish
tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
g) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(248 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi O‘RQ-534-sonli Qonuniga asosan kiritilgan —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-noyabrdan kuchga kiradi)
249-modda. O‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni beparvolik bilan saqlash
O‘qotar qurol yoki unga mo‘ljallangan o‘q-dorilarni beparvolik bilan saqlash odam o‘lishiga yoxud
boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(249-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 14-avgustdagi 179-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan “Muomalada bo‘lgan ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini, portlovchi moddalar va
portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlari ixtiyoriga topshirish Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va
sport ishlari vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 29-iyundagi 15 va 9-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“O‘qotar va pnevmatik sport quroli hamda unga o‘q-dorilarni saqlash, tashish berish, qabul qilish, hisobga olish va
ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 10-iyuldagi
118-sonli bug‘rug‘i bilan tasdiqlangan “Idoraviy va sport uqotar qurol hamda uning o‘q-dorilari saqlanadigan xonalarning
muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan
jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 30-
iyundagi 105-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Idoraviy va sport o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni hisobga olish kitoblari
hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qo‘yiladigan Yagona talablar”.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-
sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4 va
11-bandlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |