15.10.2020
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
56/183
(120-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
121-modda. Ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish
Xizmat, moddiy yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lgan ayolni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy
ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga majbur etish —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(121-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
O‘sha harakat jinsiy aloqada bo‘lish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq
holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yuz soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(121-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
V bob. Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar
Oldingi tahrirga qarang.
122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin
tovlash
Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy
ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud
buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida
to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod
qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 116-moddasining birinchi qismi (“Oila a’zolarining va boshqa
shaxslarning aliment majburiyatlari”), O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47 -
moddasi.
(122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: