95-modda. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni uzaytirish, o‘zgartirish va tugatish
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni uzaytirish,
o‘zgartirish va tugatish shifokor psixiatrlar komissiyasining xulosasi asosida, jazoni ijro etish muassasalarining
davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida va mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada
esa, tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ruhiy holati buzilgan shaxs tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga muhtoj bo‘lmagan
hollarda, shuningdek bu choralarni qo‘llash tugatilganda sud bunday shaxsni umumiy asoslarda davolash yoki
ijtimoiy ta’minot muassasasiga yuborish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun sog‘liqni saqlash organlariga
topshirishi mumkin.
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan jazo bilan bir qatorda
tayinlangan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashni tugatish tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi
asosida sud tomonidan amalga oshiriladi.
(95-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
96-modda. Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash
Alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan
tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa,
sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin.
(96-moddaning nomi va birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-
sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 27-bandining birinchi
xatboshisi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq
bo‘lmagan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm
qilingan bo‘lsa, ularni davolash jazoni o‘tayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin agarda
davolashni davom ettirishga zarurat bo‘lsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 182, 194-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Surunkali
alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi Qonuni,
15.10.2020
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
https://lex.uz/docs/-111453#-271205
44/183
O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston
Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni 44-moddasining to‘rtinchi qismi,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-maydagi 195-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Surunkali
alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-
profilaktika muassasalari to‘g‘risida”gi nizom va “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va
zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi”gi
nizom (ro‘yxat raqami: 2591, 03.06.2014-y.).
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-
sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari
bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 32-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-
iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 15-bandi.
(96-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |