244 -modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish,
olish, saqlash yoki ulardan foydalanish
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib
kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
g) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz
uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod
qilinadi.
(244 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi O‘RQ-534-sonli Qonuniga asosan kiritilgan —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
244 -modda. Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi
haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish
Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi hamda tarqalishi
sharoitida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri
kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy
jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda
ko‘paytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘i orqali
tarqatish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli Qonuniga asosan kiritilgan —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |