O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi



Download 356,97 Kb.
bet29/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171
Bog'liq
IPK

57-modda. Mutaxassis
Maslahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda yordam ko‘rsatish yo‘li bilan dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda ko‘maklashish maqsadida fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilim va malakaga ega bo‘lgan, voyaga yetgan, ish natijasidan manfaatdor bo‘lmagan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin.
Mutaxassisni sud majlisida ishtirok etish uchun jalb qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Sudning mutaxassisni chaqirish haqidagi talabi uning ish beruvchisi uchun majburiydir.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 21, 51, 58, 87-moddalari, 168-moddasining birinchi qismi.
58-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari
Mutaxassis sifatida chaqirilgan shaxs: qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; agar tegishli bilim va malakaga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishni rad qilish; sudning ruxsati bilan protsessual harakat ishtirokchilariga savollar berish; protsessual harakat ishtirokchilarining e’tiborini o‘zining dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda, ilmiy-texnika vositalarini qo‘llashda, ekspertiza tayinlash uchun materiallar tayyorlashda ko‘maklashish chog‘idagi harakatlari bilan bog‘liq holatlarga qaratish; o‘zi ishtirok etgan protsessual harakat bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasining tegishli qismi bilan tanishish va uning ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning kechishi hamda natijalari qayd qilinishining to‘liqligi va to‘g‘riligi xususida bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan arzlar va fikrlarni bildirish; agar ish yuritishda ishtirok etish uning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, protsessual harakatlarni amalga oshirishdagi ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlar o‘rni qoplanishi va bajargan ishi uchun pul mukofoti olish huquqiga ega.
Mutaxassis etib tayinlangan shaxs: sudning chaqiruvi bo‘yicha kelishi; protsessual harakatlarni amalga oshirishda va sud muhokamasida maxsus bilim, malaka va ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda ishtirok etishi; maslahatlar berishi; o‘zi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi shart.
Agar mutaxassis sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud chaqiruvi bo‘yicha kelmasa, shuningdek maslahatlar (tushuntirishlar) berishni asossiz ravishda rad etsa, unga nisbatan ushbu Kodeksning 14-bobida belgilangan tartibda sud jarimasi solinishi mumkin.
Jarima solinishi mutaxassisni kelish va maslahatlar (tushuntirishlar) berish majburiyatidan ozod qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 21, 51, 57, 87, 117-moddalari, 168-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining 03.07.1992-yildagi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi Qonuni.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish