O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi



Download 356,97 Kb.
bet22/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   171
Bog'liq
IPK

43-modda. Taraflar
Da’vogar (arizachi) va javobgar iqtisodiy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir.
O‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo taqdim etgan yoki manfaatlari ko‘zlanib da’vo taqdim etilgan yuridik shaxslar va fuqarolar da’vogarlardir.
Da’vo yoki bildirilgan talab taqdim etilgan yuridik shaxslar va fuqarolar javobgarlardir.
Alohida toifadagi ishlar hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar bo‘yicha ariza bergan yuridik shaxslar va fuqarolar arizachilardir.
Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 40 — 42-moddalari, 46-moddasining birinchi qismi, 130-moddasi.
44-modda. Ishda bir necha da’vogar va javobgarning ishtirok etishi
Da’vo bir necha da’vogar (sherik da’vogarlar) tomonidan birgalikda yoki bir necha javobgarga (sherik javobgarlarga) nisbatan taqdim etilishi mumkin.
Da’vogarlar va javobgarlarning har biri boshqa tarafga nisbatan sud protsessida mustaqil ishtirok etadi.
Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin.
Boshqa javobgarning ishtirokisiz ishni ko‘rish mumkin bo‘lmagan taqdirda, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar da’vogarning (da’vogarlarning) roziligi bilan o‘sha javobgarni (javobgarlarni) ishda ishtirok etish uchun jalb etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda ishda boshqa javobgar ishtirokining majburiyligi nazarda tutilgan bo‘lsa, sud shu javobgarni ishda ishtirok etish uchun o‘z tashabbusi bilan jalb etadi.
(44-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud da’vogarning iltimosnomasi bo‘yicha ham boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etishga haqli.
Boshqa javobgarni ishda ishtirok etishga jalb etish yoki jalb etishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Boshqa javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb etilganda ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 185-moddasi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish