O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi



Download 356,97 Kb.
bet166/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171
Bog'liq
IPK

339-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati:
ijro varaqasi ijroga taqdim etilganda;
ijro varaqasi qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi.
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati uzilganidan so‘ng muddatning o‘tish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilguniga qadar o‘tgan vaqt yangi muddatga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ijro varaqasi uni to‘liq yoki qisman ijro etish imkoniyati yo‘qligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini muddat uzilganidan keyin ijroga taqdim etishning yangi muddati ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 334 — 338, 340 — 347-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasi.
340-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini o‘tkazib yuborgan undiruvchi ijro varaqasini bergan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Muddatni o‘tkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash to‘g‘risidagi arizasi u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 127, 334 — 339, 341 — 347-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasining ikkinchi qismi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang:O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 7, 8-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 18-bandi.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish