O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari



Download 356,97 Kb.
bet12/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   171
Bog'liq
IPK

24-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
O‘zini o‘zi rad qilish to‘g‘risidagi yoki sudyani yoxud bir necha sudyani yoinki butun sud tarkibini rad qilish haqidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda ish o‘sha sudda, biroq sudyalarning boshqa tarkibida ko‘riladi.
Agar o‘zini o‘zi rad qilishni va rad qilishni qanoatlantirish natijasida ishni ayni o‘sha sudda ko‘rish uchun sudning yangi tarkibini shakllantirish imkoni bo‘lmasa, ish boshqa sudga o‘tkazilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 19 — 23-moddalari, 39-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi.
5-bob. Iqtisodiy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi
1-§. Sudga taalluqlilik
25-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi
Iqtisodiy sudga:
1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan fuqarolar, shuningdek korporativ nizolar bo‘yicha ishlar ko‘rilayotganda taraflar bo‘lgan fuqarolar (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) o‘rtasidagi fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar;
2) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash (bundan buyon matnda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ishlar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10, 24, 39, 40-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3 — 7-moddalari.
3) bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisi, 4, 5-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 27.01.2006-yildagi “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 142-sonli Qarori.
4) hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
5) ushbu Kodeksning 30-moddasida ko‘rsatilgan korporativ nizolar bo‘yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
51) ushbu Kodeksning 301-moddasida ko‘rsatilgan investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar;
52) ushbu Kodeksning 302-moddasida ko‘rsatilgan raqobatga oid ishlar;
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuniga asosan 51 va 52-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
6) chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 31-moddasi, 32-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi, 258-moddasi.
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan fuqarolar ishtirokidagi nizolarga doir ishlar ham, agar tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, sudga taalluqli bo‘ladi.
Qonun bilan sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2451-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 269-moddasining uchinchi qismi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud o‘ziga taalluqli ishlarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari, shuningdek chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi lozim.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 5 va 51-bandlarida ko‘rsatilgan ishlar nizo yuzaga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi yuridik yoki jismoniy shaxslar bo‘lishidan qat’i nazar, sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(25-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish