O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish



Download 356,97 Kb.
bet138/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   171
Bog'liq
IPK

269-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Apellatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
1) apellatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo‘lsa yoxud uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoinki mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi, otasining ismi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
11) apellatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni ushbu Kodeksning 263-moddasida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmasa yoki apellatsiya shikoyatiga ushbu Kodeks 265-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha keltirilgan protestga tarafning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinmagan bo‘lsa;
(269-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-663-sonli Qonuniga asosan 11-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son)
2) apellatsiya shikoyatiga (protestiga) uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan bo‘lsa;
3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar apellatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash muddatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
4) apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sudni chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa;
5) apellatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
6) apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to‘g‘risida ariza tushgan bo‘lsa.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, apellatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga ushbu Kodeksning 197-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi sud ajrimi bekor qilingan taqdirda, apellatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 62, 123, 259 — 268-moddalari.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish