1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan
berilgan bo‘lsa;
3) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida
ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan
ish mavjud bo‘lsa;
4) taraflar o‘rtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida
hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa;
5) ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv
bo‘yicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni
hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa;
6) ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan da’vogar ikkinchi chaqiruv
bo‘yicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan ko‘rishni talab qilmasa;
7) alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga taalluqli huquq
to‘g‘risida nizo kelib chiqsa;
8) xotini homilador bo‘lgan vaqtda yoki bola tug‘ilganidan keyin bir yil davomida er xotinining
roziligisiz nikohni bekor qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etgan bo‘lsa;
9) da’vogar tomonidan arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ariza berilgan bo‘lsa;
Oldingi
tahrirga qarang.
9 ) da’vogarning manfaatlarini ko‘zlab prokuror, davlat organi, tashkilot va boshqa shaxs
tomonidan taqdim etilgan da’vodan da’vogar voz kechgan bo‘lsa va bunda uchinchi shaxslarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilinmasa;
(122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli
Qonuniga
asosan 9 -
band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
10) da’vogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan,
basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
Oldingi
tahrirga qarang.
10 ) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish
tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki
shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
10 ) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar
uni amalga oshirish muddati tugaganidan so‘ng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa;
10 ) taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa;
(122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli
Qonuniga
asosan 10 ,
10 va 10 -bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y.,
03/19/531/2799-son)
11) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qonunda belgilangan
muddatdan oldin yoki egasiz mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va hisobga olishning qonunda nazarda
tutilgan tartibi buzilgan holda berilgan bo‘lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: