O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Taraflar sud majlisiga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligining oqibatlari



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

221-modda. Taraflar sud majlisiga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligining oqibatlari
Taraflar uzrsiz sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmagan taqdirda, agar ularning bittasidan
ham ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilish to‘g‘risida ariza tushmagan bo‘lsa, sud ish
muhokamasini keyinga qoldiradi.
Taraflar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa, sud arizani ko‘rmasdan
qoldirishga haqli.
Faqat da’vogar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa, sud javobgarning
roziligi bilan arizani ko‘rmasdan qoldirishga haqli.
222-modda. Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimonning sud majlisiga kelmaganligi
oqibatlari
Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishda ishtirok
etuvchi shaxslarning ishni kelmagan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yo‘qligida ko‘rish
mumkinligi to‘g‘risidagi fikrlarini eshitadi va sud muhokamasini davom ettirish yoki ish
muhokamasini keyinga qoldirish haqida ajrim chiqaradi. Agar chaqirilgan guvoh, ekspert,
mutaxassis, tarjimon sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmasa, ularga
nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin.
Agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv bo‘yicha sud majlisiga kelmasa, u sudning ajrimiga
binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin.
223-modda. Ish muhokamasini keyinga qoldirish
Sud ish muhokamasini quyidagi hollarda keyinga qoldirishi mumkin:
1) tartib fuqarolar tomonidan ommaviy tarzda buzilganda;
2) raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirilganidan so‘ng prokuror yoki advokat uning
farmoyishlariga bo‘ysunmaganida;
3) taraflar (uchinchi shaxslar) tomonidan sud majlisidagi tartib buzilganda;
4) o‘ziga sud chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi to‘g‘risida
ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud majlisiga
kelmaganda;
5) tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud
tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmaganda;
6) tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmaganda, agar
ulardan birortasidan ham sud muhokamasi ularning ishtirokisiz o‘tkazilishi to‘g‘risida ariza kelib
tushmagan bo‘lsa;
7) sud majlisiga guvoh, tarjimon, ekspert yoki mutaxassis kelmaganda, agar ularning
ishtirokisiz ishni ko‘rish imkoni bo‘lmasa;
8) da’vogar ishni javobgarning ishtirokisiz ko‘rishga rozi bo‘lmaganda;
9) qarshi da’vo taqdim etilganda;
10) sud majlisi yuritishda texnik vositalaridan, shu jumladan videkonferensaloqa tizimidan
foydalanilganda texnik nosozliklar kelib chiqqanda;
11) qo‘shimcha dalillar taqdim etish yoki talab qilib olish zarur bo‘lganda;
12) ishda ishtirok etish uchun boshqa shaxslar jalb qilinganda yoki boshqa protsessual
harakatlar amalga oshirilganda.
Sud ishni sud majlisida ko‘rish imkoni bo‘lmagan boshqa hollarda ham muhokamani keyinga
qoldirishi mumkin.
Sud muhokamasi uni keyinga qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlarni bartaraf etish uchun
zarur bo‘lgan muddatga, sud muhokamasining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan muddati
doirasida keyinga qoldirilishi mumkin.
Sud ish muhokamasini keyinga qoldirganda, keyingi sud majlisining vaqtini belgilaydi, bu
haqda hozir bo‘lgan shaxslarga imzo qo‘ydirgan holda e’lon qiladi. Sudga kelmagan va sud


protsessida ishtirok etish uchun yangidan jalb qilinadigan shaxslar keyingi sud majlisining vaqti
to‘g‘risida ushbu Kodeksning 
16-bobida 
nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Keyinga qoldirilgan ishni ko‘rish qolgan joyidan davom ettiriladi. Biroq, agar ish ushbu
Kodeksning 
39-moddasida 
sanab o‘tilgan yangi shaxslarni jalb qilish sababli keyinga qoldirilgan
bo‘lsa, ish muhokamasi boshidan boshlanadi.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish