O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Qo‘shimcha va qayta ekspertizalar



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/172
Sana10.06.2022
Hajmi1,02 Mb.
#650027
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   172
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

96-modda. Qo‘shimcha va qayta ekspertizalar
Qo‘shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo‘shliqlar o‘rnini
to‘ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan
o‘tkaziladi.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha
tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani
o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy ravishda buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo‘llanilgan
tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilishi mumkin.
Qayta ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi sud ajrimida qayta ekspertizani tayinlagan sudning
birinchi (ilgarigi) ekspertiza xulosasiga qo‘shilmaganligi sabablari keltirilishi kerak.
Qayta ekspertiza o‘tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi
(ilgarigi) ekspertizani o‘tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertiza o‘tkazishda hozir


bo‘lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishlar o‘tkazish va xulosa tuzishda ishtirok
etmaydi.
97-modda. Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini belgilash
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertlar tomonidan tushuntirilishi kerak bo‘lgan masalalarni
sudga taqdim etishga haqli.
Ekspertlarning xulosasi talab qilinadigan masalalar doirasini sud belgilaydi. Taklif qilingan
masalalarning rad qilinishini sud asoslab berishi shart.
98-modda. Ekspertning (ekspertlar komissiyasining) xulosasi
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) tekshirishlarni o‘tkazib bo‘lganidan keyin tegishincha ekspert
yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa
tuzadi.
Sud ekspertga o‘z xulosasini og‘zaki tushuntirib berishni taklif qilish huquqiga ega. Og‘zaki
tushuntirish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi, ekspertga o‘qib eshittiriladi va ekspert
tomonidan imzolanadi.
Ekspertning (ekspertlar komissiyasining) xulosasida quyidagilar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:
ekspertiza o‘tkazilgan sana va joy; ekspertizaning o‘tkazilish asosi; ekspertizani tayinlagan sud
to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ekspert to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi,
ma’lumoti, ixtisosligi, mehnat staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va
ekspertizani o‘tkazish topshirilgan korxona, muassasa yoki tashkilot haqidagi ma’lumotlar; ekspert
bila turib yolg‘on xulosa berganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi; ekspert
oldiga qo‘yilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari;
ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar; qo‘llanilgan usullar
ko‘rsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar
ekspertiza ekspertlar komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, kim tomonidan
o‘tkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qo‘yilgan savollarga berilgan asoslantirilgan
javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan va ekspertning tashabbusiga ko‘ra aniqlangan
holatlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda
uning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini
hujjatlashtiradigan materiallar qonunchilikda belgilangan muddatlarda davlat sud-ekspertiza
muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan
sudning talabiga binoan ishga qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etiladi.
(98-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus
bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida ma’lum bo‘lib qolsa, xulosa qo‘yilgan ayrim savollarga
javob berishni rad etish asosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Tekshirish tugaganidan so‘ng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani
tayinlagan sudga yuboriladi.
Sudning ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasiga qo‘shilmaganligi ish bo‘yicha chiqarilgan
hal qiluv qarorida yoki ajrimda asoslab berilgan bo‘lishi lozim.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish