O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

301-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda ajrim chiqaradi, unga ko‘ra farzandlikka
olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi vasiylik va homiylik organlari zimmasiga
farzandlikka olishning asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga
muvofiqligi to‘g‘risida sudga xulosa taqdim etish majburiyati yuklanadi.


Vasiylik va homiylik organining farzandlikka olishning asosli ekanligi to‘g‘risidagi va
farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasiga quyidagilar ilova
qilingan bo‘lishi kerak:
farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyi yoki farzandlikka oluvchilarning
(oluvchining) yashash joyi bo‘yicha vasiylik va homiylik organi tomonidan tuzilgan farzandlikka
oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi. Farzandlikka
oluvchilarning (oluvchining) yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasida boshqa ma’lumotlar
bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 
152-moddasida 
nazarda tutilgan farzandlikka
olish uchun to‘siqlar borligi yoki yo‘qligi ko‘rsatilishi shart;
farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;
farzandlikka olinayotgan bolaning sog‘lig‘i holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy
xulosa;
o‘n yoshga to‘lgan farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olishga, shuningdek
familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilishi mumkinligiga va farzandlikka oluvchilarning
(oluvchining) uning ota-onasi (otasi yoki onasi) sifatida qayd etilishiga roziligi, bundan O‘zbekiston
Respublikasi Oila kodeksining 
156-moddasida 
nazarda tutilgan hollar mustasno;
bola ota-onasining (otasining yoki onasining) uning farzandlikka olinishiga roziligi, o‘n olti
yoshga to‘lmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda esa ota-ona qonuniy vakillarining
ham roziligi, qonuniy vakillar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining roziligi,
bundan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining
160-moddasida 
nazarda tutilgan hollar
mustasno;
bolaning qarindoshlari bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy
yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
tomonidan farzandlikka olinganda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni va
farzandlikka olishga nomzodlarni hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlar bazasida farzandlikka
olinayotgan bola to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek bolani
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oilasiga tarbiyaga olish yoki bolaning qarindoshlari tomonidan,
ushbu qarindoshlarning fuqaroligi va yashash joyidan qat’i nazar, farzandlikka olinishi imkoniyati
mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Boshqa davlat fuqarosi bo‘lgan bolani yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bolani
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda vasiylik va homiylik organining
farzandlikka olish asosli ekanligi to‘g‘risidagi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga
muvofiqligi haqidagi xulosasiga ushbu modda ikkinchi qismining 
ikkinchi xatboshisida 
ko‘rsatilgan
hujjat ilova qilinishi kerak.
Zarur bo‘lgan hollarda, sud boshqa hujjatlarni (ma’lumotlarni) ham talab qilib olishi mumkin.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish