O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   177
Bog'liq
kodeks

74-modda. Dalillarning maqbulligi 
Qonun bo„yicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shart 
bo„lgan ishning holatlari boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan 
tasdiqlanishi mumkin emas. 
75-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari 
Sud hammaga ma‟lum deb topgan holatlar isbotlashga muhtoj emas. 
Bir fuqarolik ishi bo„yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori 
bilan aniqlangan faktlar xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik 
ishlari muhokamasida yangidan isbot qilinmaydi. 
Ishlarni ko„rib chiqayotganda iqtisodiy yoki ma‟muriy sudning qonuniy 
kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar isbotlanishga muhtoj emas 
va iqtisodiy yoki ma‟muriy sud tomonidan hal etilgan ishda ishtirok etgan shaxslar 
tomonidan nizolashilishi mumkin emas. 
Jinoyat ishi bo„yicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan 
hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari to„g„risidagi ishni 


ko„rib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilganligi yoki sodir 
etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilganligi yoki etilmaganligi 
masalalari yuzasidan majburiydir. 
Notarial harakat amalga oshirilganda notarius tomonidan tasdiqlangan 
holatlar, agar notarial tartibda rasmiylashtirilgan hujjatning haqiqiyligi ushbu 
Kodeksning 
235
 va 
236-moddalarida 
belgilangan tartibda rad etilmagan yoki 
notarial harakatni amalga oshirish tartibi jiddiy tarzda buzilganligi aniqlanmagan 
bo„lsa, isbotlashni talab etmaydi. 
76-modda. Dalillarni ta’minlash 
O„zlari uchun zarur bo„lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin 
bo„lmay qoladi yoki qiyinlashadi, dyeyishga asosi bo„lgan shaxslar ariza 
berishidan oldin ham yoki keyin ham suddan bu dalillarni ta‟minlashni iltimos 
qilishi mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudgacha bo„lgan jarayonda notarial tartibda 
dalillarni ta‟minlash choralarini ko„rishga haqli. 
(76-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-
602-sonli 
Qonuniga 
asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 
Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur bo„lgan dalillarni 
ta‟minlash qonunda belgilangan tartibda notariuslar tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish