bayonnomasi bilan tanishish; sud majlisi bayonnomasiga kiritilgan tarjimaning
to„g„riligi yuzasidan e‟tirozlar taqdim etish.
Tarjimon tarjimani to„liq va to„g„ri
amalga oshirishi, sud majlisi vaqtida
tartibga rioya etishi shart.
Tarjima qilishdan asossiz ravishda bosh tortganlik, shuningdek sud uzrsiz
deb topgan sabablarga ko„ra sudning chaqiruvi bo„yicha
kelmaganlik uchun
tarjimon ushbu Kodeksning
146-moddasida
belgilangan tartibda jarimaga tortiladi.
Jarima solinishi tarjimonni sudga kelish va tarjima qilish majburiyatidan
ozod etmaydi.
Tarjimon bila turib noto„g„ri tarjima qilganlik uchun O„zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining
238-moddasiga
muvofiq jinoiy javobgar bo„ladi,
bu haqda u sud tomonidan tilxat olib ogohlantiriladi.
7-bob. Sudda vakillik
65-modda. Vakillar orqali ish yuritish
Fuqarolar o„z ishlarini sudda shaxsan yoki o„z vakillari orqali yuritishi
mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo„yicha vakilga ega
bo„lish huquqidan mahrum etmaydi.
Tashkilotlar ishlarni o„z rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi.
66-modda. Qonuniy vakillik
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan shaxslarning
huquqlari va qonun bilan qo„riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy
vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar)
himoya
qiladi.
Belgilangan tartibda bedarak yo„qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi
lozim bo„lgan ish bo„yicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini
qo„riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e‟lon qilingan
shaxsning merosxo„ri ishtirok etishi kerak bo„lgan ish bo„yicha, agar merosni hali
hech kim qabul qilib olmagan bo„lsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni
saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxo„rning
vakili
sifatida qatnashadi.
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o„zi vakil sifatida tanlagan boshqa
shaxsga topshirish huquqiga ega.
O„n to„rt yoshga to„lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga
layoqatsiz yoki bedarak yo„qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik
qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qo„riqlanadigan
manfaatlariga
taalluqli ishlar ko„rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko„zlab
barcha
protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
O„n to„rt yoshdan o„n sakkiz yoshgacha bo„lgan voyaga yetmagan
shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili
ishlar ko„rib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko„zlab barcha
protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: