O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   177
Bog'liq
kodeks

208-modda. Sud majlisi 
Ish muhokamasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni albatta xabardor qilgan 
holda sudning ochiq majlisida o„tadi. 
Yopiq sud majlislari qonunda nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok 
etuvchi shaxslarning talabiga yoki sudning tashabbusiga ko„ra o„tkaziladi. 
Ochiq sud majlislari videokonferensaloqa rejimida o„tkazilishi mumkin. 
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sudning videokonferensaloqa rejimidagi 
majlisida bevosita ishtirok etish og„zaki shaklda o„tkaziladigan sud majlisida 
ishtirok etishga tenglashtiriladi. 
Sudning tashabbusiga ko„ra yoki sud protsessi ishtirokchilarining 
iltimosnomasi bilan sud majlisining audio- yoki videoyozuvi olib borilishi 
mumkin. 
Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o„tkazish zarur bo„lgan 
taqdirda, shuningdek sud majlisida audio- yoki videoyozuvi vositalaridan 
foydalanilganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni va sud protsessining boshqa 
ishtirokchilarini bu haqda ogohlantiradi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Sud protsessi ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir bo„lganlar yozma 
qaydlar qilish huquqiga ega. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio- va 
videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida 
translatsiya qilinishiga taraflarning roziligi va sud majlisida raislik qiluvchining 
ruxsati bilan yo„l qo„yiladi. 
(208-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-
maydagi O‘RQ-536-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son) 
209-modda. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok 
etish 
Sudlarda videokonferensaloqani amalga oshirishning texnik imkoniyati 
bo„lgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga 
ko„maklashuvchi shaxslar sudning videokonferensaloqa rejimidagi majlisida bu 
haqda o„zlari iltimosnoma berganda yoki sudning tashabbusiga ko„ra ishtirok etishi 
mumkin. Ko„rsatilgan shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida 
ishtirok etishi to„g„risida sud ajrim chiqaradi, ajrimning ko„chirma nusxasi ishda 


ishtirok etuvchi shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga ko„maklashayotgan 
shaxslarga va o„z ko„magida ushbu shaxslar bunday majlisda ishtirok etishi 
mumkin bo„lgan tegishli sudga yuboriladi. 
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud 
majlisida ishtirok etishini ta‟minlash uchun ko„rsatilgan shaxslarning yashash joyi 
yoki joylashgan yeri va turgan joyi bo„yicha tegishli sudlarning 
videokonferensaloqa tizimlaridan foydalaniladi. 
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud 
majlisida ishtirok etishini ta‟minlayotgan sud ushbu shaxslarning kelgan-
kelmaganligini tekshiradi va kelgan shaxslarning shaxsini aniqlaydi, guvohlarga, 
ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga o„z huquqlari, majburiyatlari va 
javobgarligi tushuntirilganligi to„g„risida ulardan tilxat oladi. Mazkur tilxat u 
olingan kundan keyingi kundan kechiktirmay sud majlisi bayonnomasiga qo„shib 
qo„yish uchun ishni ko„rayotgan sudga yuboriladi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish