Sud buyrug„ida quyidagilar ko„rsatiladi:
Oldingi
tahrirga qarang.
1) ishning raqami va buyruq berilgan sana;
(178-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
2) sudning nomi, buyruq
bergan sudyaning familiyasi, ismi va otasining
ismi;
3) undiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), yashash joyi yoki
joylashgan yeri (pochta manzili);
Oldingi
tahrirga qarang.
4) qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi),
yashash joyi yoki
joylashgan yeri (pochta manzili), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy
identifikatsiya raqami (O„zbekiston Respublikasi fuqarosi bo„lmagan jismoniy
shaxslar shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari),
shuningdek
qarzdor yuridik shaxsning soliq to„lovchi identifikatsiya raqami;
(178-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining
2021-yil
25-avgustdagi
O‘RQ-711-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
5) talabni qanoalantirish uchun asos bo„lgan qonun;
Oldingi
tahrirga qarang.
6) undirilishi lozim bo„lgan pul summalarining
miqdori yoki undiruv
qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta‟minoti sifatida turgan
ko„char mol-mulk, uning tavsifi va bahosi;
(178-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining
2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
7) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr;
8)
neustoyka miqdori, agar uning undirilishi qonunda yoki shartnomada
nazarda tutilgan bo„lsa;
9) qarzdordan undirilishi kerak bo„lgan davlat bojining summasi;
10) arz qilingan talabga qarshi qarzdor tomonidan e‟tiroz taqdim etish
muddati va tartibi.
Voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to„g„risidagi sud
buyrug„ida
ushbu moddaning
1
— 5
,
9
,
10-bandlarida
nazarda
tutilgan
ma‟lumotlardan tashqari quyidagilar ko„rsatiladi: qarzdorning tug„ilgan sanasi va
joyi, ta‟minoti uchun aliment undirilishi lozim bo„lgan har bir bolaning ismi va
tug„ilgan sanasi, qarzdordan har oyda undiriladigan to„lovlar miqdori hamda ularni
undirish muddati.
Sud buyrug„ining yozuvidagi xatolarni va ochiq ko„rinib
turgan arifmetik
xatolarni tuzatish sudning tashabbusi yoxud undiruvchining yoki qarzdorning
arizasi bo„yicha ushbu buyruq qanday tartibda berilgan bo„lsa, shunday tartibda
sudning ajrimi asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: