O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   177
Bog'liq
kodeks

161-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani 
qabul qilishdan bosh tortish oqibatlari 
Chaqiriluvchi o„z nomiga yuborilgan sudning chaqiruv qog„ozini yoki 
boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortsa, uni keltirgan shaxs sudning 
chaqiruv qog„oziga yoki boshqa xabarnomaga tegishli belgi qo„yib, uni sudga 
qaytaradi. Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qog„ozini yoxud boshqa xabarnomani 
qabul qilib olishdan bosh tortganligi haqidagi belgi fuqarolarning o„zini o„zi 
boshqarish organi yoki ish beruvchi (ma‟muriyatning mansabdor shaxsi) yoxud 
o„quv muassasasi tomonidan yoki kamida ikki nafar fuqaroning imzosi bilan 
tasdiqlanadi. 
Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qog„ozini yoki boshqa xabarnomani qabul 
qilishdan bosh tortganligi yoki axborot tizimi orqali elektron tarzda xabardor 
qilingan shaxsning uzrsiz sabablarga ko„ra kelmaganligi ishni muhokama qilishga 
to„sqinlik qilmaydi. 
162-modda. Tegishli tartibda xabardor qilish 
Sudning chaqiruv qog„ozi yoki boshqa xabarnoma shaxsan yoki voyaga 
yetgan oila a‟zolaridan biri, mazkur manzilda yashovchi boshqa shaxs tomonidan 
olingan, shuningdek sud tomonidan matnli xabarning elektron pochta manzili 


orqali yoki xabarnomaning qayd etilishini ta‟minlovchi boshqa aloqa vositalaridan 
foydalangan holda yetkazilganligini tasdiqlovchi hisobot olingan hollarda, agar 
bunday xabarnoma kelib tushmaganligi yoki kechroq kelib tushganligi 
isbotlanmasa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tegishli tartibda xabardor qilingan 
hisoblanadi. 
Sudning chaqiruv qog„ozi yoki boshqa xabarnoma chaqiriluvchi uni olishni 
rad etganda ham, agar bunday rad etish qayd etilgan bo„lsa, yetkazilgan 
hisoblanadi. 
163-modda. Ish yuritish vaqtida familiyani, ismni, otasining ismini 
o‘zgartirish, manzilning o‘zgarishi 
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida familiyasini, ismini, 
otasining ismini o„zgartirganligi, manzili o„zgarganligi haqida sudga xabar qilishi 
shart. Bunday xabar mavjud bo„lmagan taqdirda, sudning chaqiruv qog„ozi yoki 
boshqa xabarnoma sudga ma‟lum bo„lgan oxirgi manzil bo„yicha yuboriladi va, 
garchi chaqiriluvchi bu manzilda ortiq yashamasa yoki bo„lmasa ham, u yetkazib 
berilgan deb hisoblanadi. 
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, 
elektron pochta manzilini sudga ma‟lum qilgan bo„lsa, ish yuritilayotgan vaqtda 
ularning o„zgarganligi to„g„risida sudni xabardor qilishi kerak. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish