O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish tartibi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   177
Bog'liq
kodeks

119-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish tartibi 
Ish yuritishni to„xtatib turish to„g„risida sud ajrim chiqaradi. 
Sudning ish yuritishni to„xtatib turish to„g„risidagi ajrimi ustidan xususiy 
shikoyat (protest) berilishi mumkin. 
120-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turishning huquqiy oqibatlari 
Ish yuritish to„xtatib turilganida, ushbu Kodeksda belgilangan yoki sud 
tomonidan tayinlangan muddatlarning o„tishi to„xtatib turiladi. 
Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatlarni 
amalga oshirishga haqli emas, bundan da‟voni va dalillarni ta‟minlashga qaratilgan 
harakatlar mustasno. 
121-modda. Ish yuritishni tiklash 
Ish yuritish uni to„xtatib turishga sabab bo„lgan holatlar barham topganidan 
keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko„ra yoki sudning tashabbusi 
bilan tiklanadi. 
Ish yuritish tiklangan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni 
umumiy asoslarda chaqiradi. 
Ish yuritishni tiklash to„g„risida ajrim chiqariladi. 
11-bob. Arizani ko‘rmasdan qoldirish 
122-modda. Arizani ko‘rmasdan qoldirish asoslari 
Sud quyidagi hollarda arizani ko„rmasdan qoldiradi, agar: 
1) ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo„lsa; 
2) manfaatdor shaxs nomidan ariza ish yuritishga vakolati bo„lmagan shaxs 
tomonidan berilgan bo„lsa; 
3) fuqarolik ishlari bo„yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki hakamlik 
sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o„rtasidagi, ayni bir predmet to„g„risidagi 
va ayni bir asoslar bo„yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo„lsa; 
4) taraflar o„rtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga 
topshirish to„g„risida hakamlik bitimi tuzilgan bo„lsa; 


5) ishni o„zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan taraflar 
ikkinchi chaqiruv bo„yicha ham uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid 
mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas, deb hisoblasa; 
6) ishni o„zining ishtirokisiz muhokama qilishni iltimos qilmagan da‟vogar 
ikkinchi chaqiruv bo„yicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan ko„rishni 
talab qilmasa; 
7) alohida tartibda yuritiladigan ishni muhokama qilish vaqtida sudga 
taalluqli huquq to„g„risida nizo kelib chiqsa; 
8) xotini homilador bo„lgan vaqtda yoki bola tug„ilganidan keyin bir yil 
davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish to„g„risida da‟vo taqdim 
etgan bo„lsa; 
9) da‟vogar tomonidan arizani ko„rmasdan qoldirish to„g„risida ariza 
berilgan bo„lsa; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
9
1
) da‟vogarning manfaatlarini ko„zlab prokuror, davlat organi, tashkilot va 
boshqa shaxs tomonidan taqdim etilgan da‟vodan da‟vogar voz kechgan bo„lsa va 
bunda uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl 
qilinmasa; 
(122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-
716-sonli 
Qonuniga 
asosan 9
1
-band bilan 
to‘ldirilgan 
— 
Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son) 
10) da‟vogar tomonidan nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish tartibiga 
rioya qilinmagan, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo„lsa; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
10
1
) da‟vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga 
oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan bo„lsa, basharti bu mazkur 
toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo„lsa; 
10
2
) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan 
arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan so„ng sud majlisiga 
uzrli sabablarsiz kelmasa; 
10
3
) taraflar o„rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo„lsa; 
(122-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-
531-sonli 
Qonuniga 
asosan 10
1
, 10
2
 va 10
3
-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) 


11) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to„g„risidagi ariza qonunda 
belgilangan muddatdan oldin yoki egasiz mol-mulkni (ashyoni) aniqlash va 
hisobga olishning qonunda nazarda tutilgan tartibi buzilgan holda berilgan bo„lsa. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish