O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   177
Bog'liq
kodeks

89-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish 
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ishdagi 
hujjatning asli uni taqdim etgan shaxsning iltimosnomasiga ko„ra qaytarilib, 
hujjatning sudya tomonidan tasdiqlangan ko„chirma nusxasi ishda qoldirilishi 
mumkin. 
Agar sud mumkin deb topsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar 
yozma dalillar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytarilishi mumkin. Mazkur 
shaxslar iltimosnoma bilan birga hujjat aslining tegishli tarzda tasdiqlangan 
ko„chirma nusxasini taqdim etadi yoki ishda qolayotgan ko„chirma nusxani sud 
tomonidan tasdiqlash to„g„risida iltimosnoma beradi. 
90-modda. Ashyoviy dalillar 


Ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatga ega bo„lgan holatlarni 
aniqlash vositasi bo„lib xizmat qilishi mumkin bo„lgan predmetlar ashyoviy 
dalillardir. 
Ashyoviy dalilni taqdim etuvchi yoki uni talab qilib olish to„g„risida 
iltimos qilayotgan shaxs ushbu dalil orqali ish uchun ahamiyatga ega bo„lgan 
qanday holatlarni aniqlash mumkinligini ko„rsatishi shart. 
91-modda. Ashyoviy dalillarni talab qilib olish va taqdim etish tartibi 
Ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmayotgan shaxslardan dalil sifatida 
biror ashyoni talab qilib olish haqida sudga iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs 
ushbu ashyoni ta‟riflab berishi va bu ashyo mazkur shaxsda deb hisoblash uchun 
qanday asoslari borligini bayon etishi kerak. 
Sud tomonidan fuqarolar va tashkilotlardan talab qilinayotgan ashyoviy 
dalillar bevosita sudga yuboriladi. 
Sud ashyoviy dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etgan 
shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir so„rov berishi 
mumkin. 
92-modda. Ashyoviy dalillarni taqdim etish majburiyati 
Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar talab qilinayotgan 
ashyoni taqdim etish yoki sud belgilagan muddatda taqdim etish imkoniga ega 
bo„lmasa, bu haqda sabablarini ko„rsatgan holda sudga xabar berishi shart. 
Agar shaxs sud undan talab qilayotgan ashyoviy dalilni taqdim etish yoki 
sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniga ega bo„lmasa, u 
sudning so„rovini olgan kundan e‟tiboran besh kunlik muddat ichida bu haqda uzrli 
sabablarini ko„rsatgan holda sudga xabar berishi shart. 
Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek, agar sudning ashyoni 
taqdim etish to„g„risidagi talabi sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko„ra 
bajarilmasa, aybdor fuqarolar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ushbu 
Kodeksning 
146-moddasida 
belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin. 
Jarima solish tegishli fuqarolar va mansabdor shaxslarni sud talab 
qilayotgan ashyoni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish