O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/177
Sana14.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#669460
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   177
Bog'liq
kodeks

43-modda. Taraflar 
Da‟vogar (ariza beruvchi) va javobgar fuqarolik sud ishlarini yuritishning 
taraflaridir. 
O„zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan 
qo„riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan 
yoinki manfaatini ko„zlab ish qo„zg„atilgan shaxs da‟vogardir. 
O„ziga nisbatan talab taqdim etilgan shaxs javobgardir. 
Alohida tartibda yuritiladigan ishlar va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan 
boshqa ishlar bo„yicha ariza bergan shaxs arizachidir. 
44-modda. Taraflarning protsessual huquq va majburiyatlari 
Taraflar 
protsessual 
huquqlardan 
teng 
foydalanadilar 
va 
teng 
majburiyatlarga ega bo„ladilar. 


Da‟vogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini o„zgartirishga, 
qo„shimcha talablar taqdim etishga, da‟vo talablarining miqdorini oshirishga yoxud 
kamaytirishga, ulardan to„liq yoki qisman voz kechishga haqli. 
Javobgar da‟vogarning talabini to„liq yoki qisman tan olishga, qarshi da‟vo 
taqdim etishga haqli. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Da‟vo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida 
ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga 
(maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ 
kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli. 
(44-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-
martdagi O‘RQ-531-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) 
45-modda. Protsessda birgalikda ishtirok etish 
Da‟vo bir nechta da‟vogar tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga 
nisbatan taqdim etilishi (protsessda birgalikda ishtirok etish) mumkin. Protsessda 
birgalikda ishtirok etishga alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo„yicha ham yo„l 
qo„yiladi. 
Protsessda birgalikda ishtirok etishga quyidagi hollarda yo„l qo„yiladi, 
agar: 
nizo predmeti bir nechta da‟vogarning yoki javobgarning umumiy 
huquqlari yoki majburiyatlari bo„lsa; 
bir nechta da‟vogarning yoki javobgarning huquq va majburiyatlari bitta 
asosga ega bo„lsa; 
nizo predmeti bir turdagi huquq va majburiyatlardan iborat bo„lsa. 
Da‟vogarlar va javobgarlardan har biri boshqa tarafga nisbatan protsessda 
mustaqil ravishda ishtirok etadi. Uchinchi shaxslar ham protsessda birgalikda 
ishtirok etishlari mumkin. 
Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik 
ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin. 
Sud nizolashilayotgan huquqiy munosabatning xususiyatini inobatga olgan 
holda ishga jalb etilmagan sherik javobgarni ishda ishtirok etish uchun o„z 
tashabbusiga yoki taraflarning iltimosnomasiga ko„ra jalb qilishga haqli. 


Boshqa sherik javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb qilinganda ishni 
ko„rish boshidan boshlanadi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish