366-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining
(arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi
arizaning shakli va mazmuni
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal
qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish to„g„risidagi ariza yozma shaklda
beriladi va undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolangan bo„lishi kerak.
Arizada quyidagilar ko„rsatilgan bo„lishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining)
nomi va joylashgan yeri;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi
(nomi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza
vakil tomonidan berilayotgan bo„lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi,
yashash joyi;
4) undiruvchi e‟tirof etilishini va ijro etilishini iltimos qilayotgan chet
davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarori
haqidagi ma‟lumotlar;
5) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining)
hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish to„g„risida undiruvchining
iltimosnomasi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro„yxati.
Arizada undiruvchining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari
raqamlari, elektron pochta manzili ko„rsatilgan bo„lishi mumkin.
Ariza undiruvchilarning soniga qarab ko„chirma nusxalari bilan birga
sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno.
367-modda. Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining
(arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi
arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal
qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to„g„risidagi arizaga, agar O„zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo„lsa, quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining)
undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini iltimos qilayotgan hal qiluv
qarorining chet davlat yoki O„zbekiston Respublikasining vakolatli organi
tomonidan tasdiqlangan ko„chirma nusxasi;
2) hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirganligi to„g„risidagi rasmiy
hujjat, agar bu qaror matnining o„zidan kelib chiqmasa;
3) hal qiluv qarori ilgari tegishli chet davlat hududida ijro etilgan bo„lsa,
uning ijro etilganligi to„g„risidagi hujjat;
4) hal qiluv qarori o„z zarariga chiqarilgan va protsessda ishtirok etmagan
taraf ishni ko„rib chiqish vaqti va joyi to„g„risida o„z vaqtida hamda tegishli tarzda
xabardor qilinganligiga oid hujjat;
5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat;
Oldingi
tahrirga qarang.
6) agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida davlat bojini
va pochta xarajatlarini to„lashdan ozod qilish nazarda tutilmagan bo„lsa, davlat boji
va pochta xarajatlari to„langanligini tasdiqlovchi hujjat.
(367-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-
oktabrdagi O‘RQ-496-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
7) mazkur moddaning
1 — 5-bandlarida
ko„rsatilgan hujjatlarning, agar
O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo„lsa, davlat tiliga qilingan, belgilangan tartibda tasdiqlangan
tarjimasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |