O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-BOB  MAJBURIYATDAGI ShAXSLARNING O‘ZGARIShI



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/147
Sana19.05.2022
Hajmi0,75 Mb.
#604661
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

23-BOB 
MAJBURIYATDAGI ShAXSLARNING O‘ZGARIShI
313-modda. Kreditor huquqlarining boshqa shaxsga o‘tish asoslari va tartibi
Majburiyat asosida kreditorga tegishli bo‘lgan huquq (talab) uning tomonidan bitim bo‘yicha
boshqa shaxsga o‘tkazilishi (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) yoki qonun asosida
boshqa shaxsga o‘tishi mumkin.
Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o‘tishi uchun, agar qonun yoki shartnomada
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdorning roziligi talab qilinmaydi.
Agar qarzdor kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o‘tganligi haqida yozma ravishda
xabardor qilingan bo‘lmasa, yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan o‘zi uchun noqulay oqibatlar
xavfini o‘z zimmasiga oladi. Mazkur holda majburiyatning dastlabki kreditorga nisbatan bajarilishi
tegishli kreditorga nisbatan bajarish deb hisoblanadi.


Kreditor huquqlarining boshqa shaxsga o‘tishi haqidagi qoidalar regress talablarga nisbatan
qo‘llanilmaydi.
314-modda. Boshqa shaxslarga o‘tishi mumkin bo‘lmagan huquqlar
Kreditorning shaxsi bilan chambarchas bog‘langan huquqlarning, xususan alimentlar
to‘g‘risidagi va hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararni to‘lash to‘g‘risidagi talablarning boshqa
shaxsga o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
315-modda. Boshqa shaxsga o‘tadigan kreditor huquqlarining hajmi
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, dastlabki
kreditorning huquqi yangi kreditorga huquq o‘tish paytida mavjud bo‘lgan hajmda va shartlar
asosida o‘tadi. Xususan yangi kreditorga majburiyatning bajarilishini ta’minlaydigan huquqlar,
shuningdek talab bilan bog‘liq boshqa huquqlar, shu jumladan to‘lanmagan foizlarga huquq ham
o‘tadi.
316-modda. Yangi kreditor huquqlarining isboti
O‘z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditor talab qilish huquqini tasdiqlovchi
hujjatlarni unga berishi va talabni amalga oshirish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni bildirishi
kerak.
Qarzdor talablar yangi kreditorga o‘tganligini isbotlovchi hujjatlar o‘ziga taqdim
etilmagunicha unga nisbatan majburiyatni bajarmaslikka haqli.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish