O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/147
Sana14.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#798356
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   147
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism)

361-modda. Dastlabki shartnoma
Dastlabki shartnoma bo‘yicha taraflar kelgusida mol-mulk berish, ishlar bajarish yoki
xizmatlar ko‘rsatish haqida dastlabki shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida shartnoma
tuzish (asosiy shartnoma) majburiyatini oladilar.
Dastlabki shartnoma asosiy shartnoma uchun belgilangan shaklda, bordi-yu, asosiy
shartnomaning shakli aniqlanmagan bo‘lsa, yozma shaklda tuziladi. Dastlabki shartnomaning
shakli to‘g‘risidagi qoidalarga rioya qilmaslik uning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi.
Dastlabki shartnomada asosiy shartnomaning narsasini, shuningdek boshqa muhim
shartlarini belgilab qo‘yish imkonini beradigan shartlar bo‘lishi kerak.
Dastlabki shartnomada taraflar qancha muddatda asosiy shartnomani tuzish majburiyatini
olishi ko‘rsatiladi. Agar dastlabki shartnomada bunday muddat belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, asosiy
shartnoma dastlabki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab bir yil ichida tuzilishi shart.
Dastlabki shartnomani tuzgan taraf asosiy shartnomani tuzishdan bosh tortgan taqdirda
ushbu Kodeks 377-moddasining 
oltinchi 
va 
yettinchi 
qismlarida nazarda tutilgan qoidalar
qo‘llaniladi.


Agar taraflar asosiy shartnomani tuzishlari lozim bo‘lgan muddatning oxirigacha u tuzilmasa
yoki taraflarning birontasi ham ikkinchi tarafga ana shunday shartnoma tuzish haqida taklif
yubormasa, dastlabki shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bekor bo‘ladi.
362-modda. Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnoma
Taraflar qarzdor ijroni kreditorga emas, balki shartnomada ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan,
qarzdordan majburiyatni o‘z foydasiga bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan uchinchi
shaxsga bajarishi majbur deb belgilab qo‘ygan shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan
shartnoma deyiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, uchinchi
shaxs shartnoma bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab
taraflar o‘zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki o‘zgartirishlari
mumkin emas.
(362-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdor kreditorga qarshi qo‘yishi mumkin bo‘lgan e’tirozlarini shartnomada uchinchi
shaxsning talablariga qarshi qo‘yishga haqli.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘ziga berilgan huquqdan foydalanishdan voz kechgan
taqdirda, basharti qonunchilik va shartnomaga zid bo‘lmasa, kreditor bu huquqdan foydalanishi
mumkin.
(362-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish